Ryudigerning shartnoma bo'yicha talablari ochiqlandi
10 apr 2022 21:52
Yangiliklar
Ryudigerning shartnoma bo'yicha talablari ochiqlandi
Germaniya va "CHelsi" markaziy himoyachisi Antonio Ryudigerning kelajagi nomalumligicha qolmoqda.
Uning "aristokratlar" bilan bitimi shu yozda tugaydi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, germaniyalik futbolchi potencial ish beruvchidan yiliga 12,5 million evro maosh bilan to'rt mavsumlik shartnoma, shuningdek, bonus sifatida 20 million so'ramoqda.
Avvalroq futbolchiga "Yuventus", "Real", PSJ va "Bavariya" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Ryudiger ushbu mavsumda "CHelsi" safida barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar