Ryudiger klasikodagi hakam bilan bog'liq voqea uchun ommadan uzr so'radi
27 apr 20:57
Yangiliklar
Ryudiger klasikodagi hakam bilan bog'liq voqea uchun ommadan uzr so'radi
"Real" himoyachisi Antonio Ryudiger Ispaniya kubogi finalida "Barselona" (qo'shimcha taymlardan so'ng 2:3)ga qarshi o'yinda bosh hakam Rikardo de Burgos Bengoecheaga tajovuz qilmoqchi bo'lgani uchun uzr so'rab, rasmiy bayonot berdi.
"Kechagi xatti-harakatimni oqlab bo'lmaydi. Bundan chin dildan afsusdaman. Ajoyib o'yin ko'rsatdik, ayniqsa ikkinchi bo'limda. 111-daqiqadan so'ng jamoaga yordam bera olmadim, o'yin yakunlanishi arafasida esa xatoga yo'l qo'ydim. Yana bir bor hakamdan va pand bergan insonlarimdan uzr so'rayman", - deb yozdi germaniyalik futbolchi o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
O'yinning ikkinchi qo'shimcha bo'limiga qo'shib berilgan vaqtda Ryudiger texnik zonada turib, hakamga muz uloqtirgan va chetlatilganidan keyin ham o'zini tajovuzkor tutib, hakamga tajovuz qilishga urindi. Uni "Real" texnik xodimlaridan bir necha kishi qiyinchilik bilan ushlab turdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar