So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  0 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

Ruxsor Kubogi: Guruh o'yinlari yakuniga etdi Yangiliklar

Ruxsor Kubogi: Guruh o'yinlari yakuniga etdi

Teglar :  Ruxsor kubogi
Farg'onada “Ruxsor kubogi” bahslari qizg'in tarzda davom etmoqda.

Kecha guruh o'yinlar nihoyasiga etdi. Aytish kerakki, “Ruxsor Kubogi” turniriga bo'lgan qiziqish yuqori bo'lmoqda.  Quvonarli tomoni, o'yinlarni futbol muxlislari bevositada stadion atrofidan turib kuzatib borishmoqda. Biz esa ilk marta mini-futbol bo'yicha bo'lib o'tayotgan “Ruxsor Kubogi” musobaqasi ishtirokchilarinng turnir haqidagi fikrlariga qiziqdik. Ko'p yillardan beri sportning karate turi bo'yicha yoshlarga saboq berib kelayotgan Mo'ydinjon Sobirov o'z shogirdlori bilan “Ruxsor Kubogi”da ishtirok etmoqda.

“Bir-biridan qiziqarli o'yinlar bo'lib o'tmoqda, - deb gap boshladi Mo'ydin Sobirov.

– O'rtoqlik maqomidagi o'yinlar bo'lishiga qaramay, xavaskor futbolchilar jon-jahdi bilan g'alaba uchun kurash olib borishmoqda. Albatta mana shunday musobaqalarni bo'lib o'tishi, birinchi galda yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tishida yordam beradi. Farg'onada futbolni sevishadi. Qarang, xavaskor maqomidagi futbolchilar qanday yuqori saviyada o'yin ko'rsatishmoqda. Azaldan Farg'onada futbol ommaviy sport turib bo'lib kelgan. SHu sababli, viloyatmiz yoshlarini futbolni juda sevishadi, - deydi Mo'ydin Sobirov.

“Marg'ilon” jamoasi vakili Akmal Abdullaev ham“Ruxsor kubogi” o'yinlari borasida o'z fikrini bildirdi: - Birinchi gal musobaqa tashkilotchilari, xususan “Ruxsor” TRK rahbariyatiga katta rahmat aytaman. Qiziqarli musobaqa bo'lmoqda. Turnirni Yangi yil bayrami arafasida bo'lib o'tishi, ishtirokchilarga yanada kayfiyat beryapti Bilasizmi, musobaqani tomosha qilib shunday fikrga keldimki, xozir musobaqada ishtirok etayotgan xavaskor futbolchilar  professional o'yinchilar qolishmaydi. Mana shunday musobaqalar davomiy bo'ladi deb umid qilamiz – deydi “Marg'ilon” jamoasi vakili Akmal Abdullaev.

“Ruxsor” TRK matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика