So’nggi yangiliklar

10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  0 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  16 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  2 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5

Rustam Mirsodiqov: “Xorijda yig'in o'tkazish haqida quradan keyin o'ylab ko'ramiz” Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: “Xorijda yig'in o'tkazish haqida quradan keyin o'ylab ko'ramiz”

Joriy chempionatda 9-o'rinni egallagan “Metallurg”ning yangi mavsum rejalarini bilish maqsadida jamoa ustozi Rustam Mirsodiqov bilan suhbatlashdik.

- Rustam aka, malum muddatlik tatildan so'ng jamoalar tayyorgarlikni boshlamoqda. Sizning boshqaruvingizdagi “Metallurg” qachon yig'iladi?

- Rejamizga ko'ra 15 dekabr kuni yigitlarni yig'amiz. Yangi yil bayramiga qadar CHirchiqda tiklanish mashg'uloti olib boriladi. 

- Jamoangiz yangi mavsum oldidan xorijda ham yig'in tashkil etsa kerak?

- Bilasizmi, hozir bu haqda sizga aniq malumot bera olmayman. 17 dekabr kuni PFLda chempionat-2015 va O'zbekiston Kubogiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Taqvim jamoamiz uchun qanday keladi? Avvalo shuni bilish kerak. Keyingina xorijga chiqish masalasini ham o'ylab ko'ramiz. 

- Sir emaski, har yili qishda jamoalar tarkibida o'yinchilarning keldi-ketdisi yuz beradi. “Metallurg”dan bu tomondan bizga eng aniq malumotni sizdan boshqa hech kim aniq ayta olmaydi. SHu bois bu xususda o'zingizdan eshitsak degandik?

- Mavsum yakunlangach futbolchilarga dam berganmiz. Hozircha hech bir o'yinchi menga klubdan ketish to'g'risida aytmadi. Agar shundaylar topilsa bunga qarshilik qilmaymiz. CHunki majburlab o'ynatishdan foyda yo'q. 

- U xolda aytingchi, mavsum davomida ko'z ostingizga olib qo'ygan o'yinchilar bormi?

- Tarkibimizni kuchaytirishga qodir bo'lgan yigitlarni taklif etishni rejaga kiritganmiz. Ishga esa endi kirishamiz. Yangi futbolchilar bilan muzokara o'tkazamiz. Kelisha olsak, safimizga qo'shib olamiz. Lekin bu bilan tarkibni butunlay o'zgartirib yuboramiz demoqchi emasman. Har yilgidek 1ta 2 nafar yangi o'yinchi bo'lishi mumkin. 

Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика