So’nggi yangiliklar

07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  5 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  11 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  37

Rustam Mirsodiqov: “Uchrashuv jangovor ruhda kechdi” Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: “Uchrashuv jangovor ruhda kechdi”

“Andijon” – “Metallurg” (2:2) bahsidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Rustam Mirsodiqov ishtirok etdi.
- Futbolda bir ochko qo'lga kiritildi yoki ikki ochko yo'qotildi deb bo'lmaydi. CHunki "Andijon" jamoasi ham yaxshi. O'z uyida jon jahdi bilan o'ynadi. Bugun biz yoki “Andijon” yutishi ham mumkin edi. Vaziyatlardan foydalanganimizda balki uch ochko bilan qaytarmidik. Uchrashuv jangovor ruhda kechdi – deya gap boshladi Rustam To'xtamurodovich.

- Bugun yigitlarni o'yinidan qoniqdim yoki aksincha deyishim mumkin. Negaki ikkita golni o'zimizning xatoimiz evaziga o'tkazib yubordik. Birinchi golda Mirabdullaev aniq harakat qilganida vaziyat boshqacha bo'lardi. Yoki ikkinchi golda Mamur Ikromov to'pga tegmaganida gol bo'lmasli mumkin edi.

- Malum sabablarga ko'ra, tarkibda bo'lmagan Kovalyov bilan Nurmatov yana safimizda o'ynashni boshladi. Ular hozir yaxshi sport formasida. Lekin baribir yo'qotishlar bor Sunnatilla Mamadaliev, SHuhrat Yuldashev, Zohid Abdullaev jarohat tufayli bizga yordam bera olmayapti. Bu yigitlar bo'lganida balki bugun boshqacha hisob qayd etilarmidi.

- Tajribali himoyachi Saidkomil Akbarov o'rnida Javlon Mirabdullaev va Doniyor Odilov o'ynamoqda. Istaysizmi yo'qmi yoshlarga ham imkon berish kerak. CHunki vaqti kelib Hoshimov, Akbarov va Karimqulov futbolni tugatadi. SHuning uchun hozirdan yoshlarni pishitib boryapmiz – deydi Mirsodiqov. 


Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика