So’nggi yangiliklar

14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  1 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4

Rustam Mirsodiqov: "O'zbekiston uchun faqat g'alabani kutayapman" Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: "O'zbekiston uchun faqat g'alabani kutayapman"

Bugun O'zbekiston terma jamoasi Yamanga qarshi o'yin o'tkazadi.

Bugungi o'yindan oldin "Metallurg" klubi bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqovning fikrlari bilan qiziqdik. Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasi 1997 yil Yamanga qarshi ikkita o'yin o'tkazgan va ularning har ikkalasida ham bosh murabbiy sifatida Rustam To'xtamurodovich faoliyat olib borgan.

- 18 yil oldin Yamanga qarshi o'ynagandik, oradan ancha yillar o'tdi. Tarkiblar o'zgarib ketgan. O'sha paytda termamizda No'mon Hasanov, Oybek Usmonxo'jaev, Oleg SHackix, Ravshan Bozorov, Aleksandr Xvostunov kabi va yana bir qator mashhur futbolchilar o'ynashardi. Ishonchim komilki vakillarimiz bu bosqichdan eson-omon o'tadilar. Har doim termamizga muxlislik qilamiz. G'alaba qozonib bizni xursand qilishlarini istaymiz.

- Men stadionga bormayman. Televizor orqali o'yinni tomosha qilish men uchun qulayroq. CHunki uyda o'yinni takroriy lavhalari bilan efirga uzatiladi. Stadionda esa faqat o'yinni ko'ramiz. O'yinni televizor orqali tomosha qilib tahlil qilishim ham mumkin.

- Bu o'yinda O'zbekiston uchun faqat g'alabani kutayapman. Fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman, - deydi Rustam Mirsodiqov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida.


Firdavsxon yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика