So’nggi yangiliklar

23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  2 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  2 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  3 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  17 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  4 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  0 20:28Пьер-Эмерик Обамеянг: "Бу жуда катта хато бўлганди"  2 19:57АҚШ ФИФАга Кеннеди марказини 2026 йилги ЖЧ қуръаси учун бепул тақдим этади  0 19:34"Бавария" Меньян учун "Челси" билан рақобатлашади  1 19:07Интизом — энг муҳими. Аморим МЮда қатъий қоида жорий қилди  0 18:41Қозоғистон клублари Левченко, Абрамов ва Кападзега қизиқмоқда  23 18:14Салоҳ етакчилигидаги Миср Ўзбекистон билан ўйинга тайёрланмоқда  11

Rustam Ashurmatov - Ortda qolgan mavsum, keyingi rejalari va Koreyaning ikki ligasidagi farq haqida Yangiliklar

Rustam Ashurmatov - Ortda qolgan mavsum, keyingi rejalari va Koreyaning ikki ligasidagi farq haqida

Xabaringiz bor, "Bunyodkor" klubi kecha akademiya tarbiyalanuvchilarini taqdirlash marosimini o'tkazdi.

Unda klubning sobiq futbolchi va tarbiyalanuvchilaridan biri Rustam Ashurmatov ham ishtirok etdi. Tadbir yakunida biz himoyachining Koreyadagi faoliyati va navbatdagi rejalari haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. 

"Ko'rganingizdek Eldor SHomurodov va Otabek SHukurov video orqali tabriklarini yuborishdi. Lekin men bilan telefon orqali bog'lanishganida o'sha kuni Toshkentda bo'lishimni aytdim. Tadbir chiroyli o'tdi. "Bunyodkor" menga begona emas. SHu klub akademiyasida tarbiyalanganman. Bizning paytda bunchalik katta tantana bilan taqdirlash bo'lmasdi. Ko'z tegmasin oldinga siljish bor. Bolalar o'z ustida ishlasa, Evropada o'ynay olishadi",-  deydi Rustam Ashurmatov

- Bir necha kun oldin Koreyadan qaytib keldingiz. U erda mavsum yakuniga etdi. "Kangvon" ligadagi o'rnini saqlab qolishga erishdi. Faoliyatingizda qaerda davom ettirishni o'ylayapsiz?

- Hozirda jamoam bilan shartnomam bor. SHu bois boshqa takliflarni ko'rib chiqayotganim yo'q. Navbatdagi mavsumni ham "Kvanju"da davom ettirishim aniq. 

- Koreyada ortda qolgan mavsum borasida qanday fikrlar yuzaga keldi?

- Mavsum yakunlandi. Yaxshi o'tdi, deya olmayman. Ammo elitada qolishni uddaladik. Yil boshida rejalarimiz boshqacha edi. O'ylaymanki, hammasi oldinda. 

- Mamlakat yuqori va quyi ligasi o'rtasida farq katta emas. SHunday bo'lsada siz bu borada eng asosiy qanday tafovutni sezdingiz?

- To'g'ri. Masalan Oleg Zoteev to'p tepgan jamoa pastki ligada ishtirok etadi. Lekin yakunda Koreya kubogini qo'lga kiritib, OCHLga yo'llanma olishdi.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика