So’nggi yangiliklar

11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  1 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  5 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  9 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  19 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  21 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1

Rustam Abdullaev: “Ko'zi “yonib” turgan o'yinchilarni olaman” Yangiliklar

Rustam Abdullaev: “Ko'zi “yonib” turgan o'yinchilarni olaman”

Bu yil oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan “Qo'qon-1912” uchun kelasi mavsum oson bo'lmasligi turgan gap. Qo'qonlik ishqibozlar talabchan.
Ular har bir o'yinda ijobiy natijaga o'rganib qolgan. SHu bois jamoa elitada ham ishqibozlarni xursand qilish uchun astoydil kurashishi talab etiladi. Buni ayni damda jamoa ustozi Rustam Abdullaev ham juda yaxshi tushunib turibdi.

- Rustam aka, “Qo'qon-1912” bu yil o'z oldiga qo'yilgan vazifani bajarib, 10 yillik tanaffusdan so'ng yana kuchlilar safiga qaytdi. Jamoani qabul qilib olayotgan chog'ingizda bunga qanchalik ishongandingiz?
- Jamoaga kelgan paytimda vazifani bajarishga ich-ichim ishongandim. Lekin bilsangiz o'sha paytda klubni oliy ligaga olib chiqaman deb kafolat bermaganman. Negaki bu hayotda barchamiz issiq jonmiz. Hattoki shifokorlar ham 100 foiz kafolat bera olmaydi. Ammo maqsadga erishish uchun bor bilim va mahoratimni ishga solib, mehnat qildik. Muxlislar va rahbariyatning qo'llab-quvvatlashi natijasida bunday natijaga erishdik. Yigitlarga ham buning uchun katta rahmat aytaman. Ular menga qadar bir xil uslubda o'ynashgan. Jamoada ish boshlaganimdan so'ng texnik va taktik jihatdan yangi uslublarni amalda tadbiq etdik. Buni futbolchilar qisqa fursat ichida o'zlashtira oldi. Tarkibda mahoratli o'yinchilar borligi ham taklifni qabul qilishimga turtki bergandi. Barchaga yaxshi malum, Qo'qon bu – o'zbek futboli vatani! Bu erda oliy liga jamoasi bo'lishi kerak edi. Mana Yaratganga shukur, niyatimizga etdik. Endi kuchlilar safida ham o'z o'rnimizni saqlab qolib, munosib kurashib, keyinchalik xalqaro maydonlarda o'ynashni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. Fursatdan foydalanib qo'qonlik ishqibozlarni ushbu bayram bilan tabriklayman. Nasib qilsa ularni kelgusi mavsum ham xursand qilish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.  

- Bugungi kunda asli qo'qonlik bo'lgan bir qator futbolchilar mamlakatimizning boshqa klublarida faoliyat ko'rsatmoqda. Qishki yig'inlar chog'ida ularni taklif etib, maqul kelganlarini olish rejangizda bormi?
- Albatta, men ham asosiy tarkib o'zagini mahalliy yigitlar tashkil etishini istardim. Lekin safimizda ko'rishni xohlagan qo'qonlik o'yinchilar bugungi kunda “Bunyodkor” va “Paxtakor” klublarida o'ynamoqda. Nomlarini aniq ayta olmasamda, ular yosh va iqtidorli, o'sadigan futbolchilardir. Afsuski ularning o'z jamoalari bilan amalda shartnomasi mavjud. Klubi ham qo'yib yuborishni istamaydi. Lekin shunga qaramay iloji boricha mahalliy futbolchilarni yig'ishga harakat qilamiz.  

- O'yinchilarni saralash chog'ida ularning ko'proq nimasiga etibor qaratasiz?
- Bitta gap bilan ifodalayman: men ko'zi “yonib” turgan o'yinchini olaman. Uning yoshi yoki nomi hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Ayni damda jamoamizni kuchaytirish mumkin bo'lgan bir qator o'yinchilar bilan muzokara o'tkazyapmiz. Lekin og'zaki gaplar bo'layotgani uchun aniq nomlarni aytmay turaman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика