So’nggi yangiliklar

14:36Умар Абдулраҳмоннинг "Манчестер Сити"га трансфери нега амалга ошмаган?  0 14:15Тонали: "Ньюкасл"да 10 йил қолиб, кейин бир неча йилдан кейин кетаман дея олмайман"  0 13:50Беларусь, Озарбайжон ва Тошкент клублари "Шўртан" футболчисига даъвогар  4 13:27А Серияда октябрь ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 13:00"Андижон" "Ростов"нинг ўзига хос рекордини янгилайдими?  4 12:36"Навбаҳор" охирги марта Олмалиқда ютганида Искандеров ва Марушич гол урганди  1 12:32ФИФА "The Best" мукофоти учун номзод футболчилар, мураббийлар ва дарвозабонларни эълон қилди  1 12:10"Бухоро" "Нефтчи"ни охирги марта қачон ютган?  11 12:07"Реал" қишки харидларга тайёр: Модрич ўрнига 3 нафар номзод  4 11:39Майами мэри Мессига шаҳар калитини топширди  7 11:11"Нефтчи", "Андижон", "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  7 10:42"Бавария"нинг асосий футболчиси "Реал"га ўтишга розилик берди  4 10:15Тен Хаг мураббийликка қайтишга яқин (Фабрицио Романо)  1 09:47EЧЛ. 4-турдан сўнг чемпионлик учун даъвогарлар рейтинги янгиланди  0 09:20Роналду Рунининг Мессини ундан яхшироқ деган гапига жавоб қайтарди  27

"Xorijdan takliflar U-23 Osiyo kubogidan keyin boshlangan edi" - Ruslan Jiyanov Turkiyadagi yig'in va "Nijniy Novgorod" haqida Yangiliklar

"Xorijdan takliflar U-23 Osiyo kubogidan keyin boshlangan edi" - Ruslan Jiyanov Turkiyadagi yig'in va "Nijniy Novgorod" haqida

"Olimpik" kecha o'rtoqlik uchrashuvida Bosniya va Gercogovinaning "Veles Mostar" klubini mag'lubiyatga uchratdi.

2:1 hisobida hamyurtlarimizning g'alabasi bilan tugagan uchrashuvda gollardan biriga "Olimpik" futbolchisi Ruslan Jiyanov mualliflik qildi. O'yindan so'ng unga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 

"Kuniga 2-3 mahal shug'ullanmoqdamiz. Buni tabiiy qabul qilish kerak, deb o'ylayman. CHunki hozir yuklamalar beriladigan payt. Kechki mashg'ulotlarda ko'proq taktika ustida ishlanyapti. Futbolchilarda intilish, motivaciya bor. Nimadirga erishish uchun nimadirdan voz kechish kerak

O'rtoqlik uchrashuvlariga kelsak, raqiblar jismoniy taraflama baquvvat. O'yin davomida bir-birimizga yaqinroq o'ynashimiz talab qilinadi. Texnik tomondan qolgan jamoalardan kuchlimiz",- deydi Ruslan Jiyanov. 


- Futbolchilarning harakatlarida og'irlik sezilyapti. Yuklamalarni qabul qilish qanday ketyapti? Tiklanishchi?

- To'g'ri. Misol uchun kecha o'yin kuni ham mashg'ulot o'tkazgandik. Og'irlik seziladi. Toliqish katta. SHuning uchun bo'sh vaqt yuzaga kelishi bilan tiklanishga etibor qaratyapmiz. 

- "Nijniy Novgorod" (Pari NN) bilan kelishuv qanday bo'ldi? 

- Tibbiy ko'rikdan o'tdim. Taklif agentlar orqali keldi. Bilasiz, Ibrohimhalil Yo'ldoshev bilan agentimiz bitta. Jamoaga borib qo'shilganimda uning yordami tegishiga ishonaman. 

- Yozda yurtimizda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo kubogidan so'ng sizga takliflar kelib tushganmidi? 

- Osiyo kubogidan keyin ko'p mamlakatlardan, Evropa klublaridan chorlovlar oldim. Yoz oyidayoq qiziqishlar boshlangandi. "Nijniy Novgorod" (Pari NN) masalasi esa shu kunlarda rasman aniq bo'lishi mumkin. 

Abdulaziz Iskandarov (Turkiya, Antaliya)

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика