Ruslan Ahmedov: "Yigitlarda ruhiy jihatdan ozroq muammolar ko'zga tashlanayapti. O'yindan-o'yinga kuchayib boramiz"
22 mar 2023 21:01
Yangiliklar
Ruslan Ahmedov: "Yigitlarda ruhiy jihatdan ozroq muammolar ko'zga tashlanayapti. O'yindan-o'yinga kuchayib boramiz"
" - Qiyin o'yin o'tkazdik. Yigitlarda ruhiy jihatdan ozroq muammolar ko'zga tashlanayapti. O'yindan-o'yinga kuchayib boramiz. G'alaba bilan barcha Xorazm ahlini, jamoamiz azolari va muxlislarini tabriklayman.
Dastlabki turda ham ruhiy bosim tufayli qiyinchilikka duch kelgandik. Umumiy o'yinimizdan qoniqish hosil qildim, yigitlar maydonda borlarini berib harakat qilishayapti.
Legioner futbolchi o'zini yomon ko'rsatmadi. Ishlashda davom etsa, asosiy tarkibdan o'rin egallashi mumkin, undan umidimiz katta.
Maydon xolatini ko'rdinglar, rejalarni to'liq amalga oshirishda qiyinchilik yuzaga kelayapti. Maysani avaylab biz bu maydonda mashg'ulot olib bormayapmiz. Navbatdagi o'yinlarga qadar yaxshi bo'lib ketishidan umid qilamiz.
Jamoamiz tarkibi yomon emas, faqat to'liq shakllanib olish uchun ozroq vaqt kerak bo'ladi. Tajribali futbolchilar chempionat startiga oz qolganda tarkibimizga kelib qo'shilishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar