So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  7 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Ruslan Ahmedov: "Rahbariyat tomonidan vazifa qo'yilmagan. Jo'jalarni kuzda sanaymiz" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Rahbariyat tomonidan vazifa qo'yilmagan. Jo'jalarni kuzda sanaymiz"

Pro liganing 4-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Xorazm" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- "Qo'qon-1912" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ular bunga haqli edi. Tezkor gol o'tkazib yuborganimiz jamoaga tasir qildi. Uzoq masofadan yo'llangan zarba darvozabonimizni aybdor qila olmayman. Sirpanchi maydonda u to'p yo'nalishini aniq baholay olmadi. O'yinni kuchaytirishga harakat qilamiz deganimizda ikkinchi golni ham qabul qilib oldik. Menimcha, uchinchi golda to'p darvoza chizig'ini kesib o'tmagandi, biroq hakamlarning qarori boshqacha bo'ldi. Takroriy vaziyatni ko'rib chiqdik. Ikki himoyachimiz chiziq ustida turgandi. Darvozabonimiz to'pni qo'lidan chiqarib yuborgan taqdirda ham o'yinchilarimizga tegardi. Bu holatda qanday qilib gol bo'lishi mumkin? Ikkinchi taymda o'yinni jonlantirdik, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik. Hayot davom etadi. 0:3 hisobida mag'lub bo'lish, albatta, achinarli. Kelgusi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz.

- "Xorazm" avvalgi o'yinlarga nisbatan sust harakat qildi, bunga sabab nima?

- "Qo'qon-1912", "Buxoro" kabi jamoalar Superligaga davogar sanaladi. Biz hozircha turnir jadvalining yuqori pog'onalarida yurgandirmiz, biroq avval aytganimdek, har bir o'yinga alohida tayyorlanish kerak. O'yinni tahlil qilamiz. Mag'lubiyat kutilmagan zarba bo'ldi. 

- "Xorazm" mavsum avvalida tarkibni shakllantirib, bir qator kuchli futbolchilarni dalb qildi. Jamoaga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilganmi?

- Rahbariyat tomonidan bizga vazifa qo'yilmagan. Lekin yuqori o'rinlarni egallash uchun harakat qilamiz. Jo'jalarni kuzda sanaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика