Runi: “MYU Ronalduni qo'yib yuborishi kerak, hozir jamoa titul uchun kurasholmaydi”
07 avg 2022 09:25
Yangiliklar
Runi: “MYU Ronalduni qo'yib yuborishi kerak, hozir jamoa titul uchun kurasholmaydi”
“Di Si Yunayted” ustozi Ueyn Runi sobiq jamoasi “Manchester Yunayted” haqida fikr bildirdi.
“Menimcha, “Manchester Yunayted” Ronaldu qo'yib yuborishi lozim. Gap u ten Xag jamoasida o'ynay olmasligida emas, u istalgan joyda harakat qiloladi va doimo gol uradi. Ammo hozir nazarimda MYU chempionlik uchun kurashishga tayyor emas, shu tufayli 3-4 yil mobaynida buni uddasidan chiqadigan jamoa tuzishni maqsad qilish kerak. Bunga esa reja zarur.
Agar Ronaldu haqiqatan ketishni xohlasa, MYU unga ruxsat berish va keyingi 3-4 mavsum davomida jamoada o'ynaydigan hamda muvaffaqiyatiga hissa qo'shadigan “to'qqizlik” bilan shartnoma imzolashi zarur. Ten Xagga biroz vaqt berish kerak”, deydi Runi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar