So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  18 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  4 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Rufat Akramxo'jaev: “G'alabani ushlab qolish uchun yigitlarga xarakter etishmadi” Yangiliklar

Rufat Akramxo'jaev: “G'alabani ushlab qolish uchun yigitlarga xarakter etishmadi”

Kecha birinchi liga o'yinlariga start berildi. Toshkentning “NBU-Osiyo” klubi Nukusda “Orol” mehmoni bo'lib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Uchrashuvdan so'ng mehmonlar ustozi Rufat Akramxo'jaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.   

- CHempionatning birinchi o'yini bo'lgani uchun yigitlarda hayajon sezildi. Rasmiy uchrashuvlar bilan nazorat bahslarni farqi bo'ladi albatta. Futbolchilarim negadir hayiqib o'ynashdi. Birinchi bo'limda o'yinimiz yaxshi qovushdi. Hisobni ham birinchi bo'lib ochishga erishdik. Ammo ikkinchi taymda hammasi o'zgarib ketdi. Mezbonlar o'z uyida mag'lubiyatdan qutilib qolish uchun astoydil kurashdi. Ularda g'alabaga tashnalik xususiyati mujassam edi. Ishtiyoq kuchlilik qildi.

- Jamoamning namoyish etgan o'yinidan umuman ko'nglim to'lmadi. Bungacha tashkil etilgan nazorat uchrashuvlarida futbolchilarim umuman boshqa o'yin ko'rsatgandi. Nima ham derdik, bu – futbol. Umid qilamanki kelgusida hammasi yaxshi bo'ladi.

- “Orol” ham asosan to'pni oldinga tepib yuborish orqali o'yin ko'rsatdi. Bunaqangi uchrashuvda durang qayd etish ham qaysidir manoda qoniqarli deyish mumkin. Lekin yana qaytaraman, o'yindan qoniqmadim.

- Keyingi turni yana safarda o'tkazamiz. “Xorazm”ga qarshi o'yinda g'alaba qozonishga xarakat qilamiz.

- Tarkibda asosan yoshlar bor. Tajribali o'yinchilardan birgina Muzaffar Umurzoqovni aytish mumkin. SHuningdek o'z vaqtida oliy ligada o'ynagan iqtidorli futbolchi Isroil Ergashevni ham tarkibga qo'shib olganmiz. Qolgani esa asosan 1994-1995  yillarda tavallud topgan futbolchilardir. Asosiy maqsadimiz oliy ligaga munosib o'yinchilarni tayyorlab berish.


Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика