So’nggi yangiliklar

12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  0 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  4 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  12 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  1 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  4 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  17 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  9

Ro'ziqul Berdievning "kalitlari" "Navbahor" darvozasini bu safar ocha oladimi yoxud Babayan uchun uchinchi imtixon Yangiliklar

Ro'ziqul Berdievning "kalitlari" "Navbahor" darvozasini bu safar ocha oladimi yoxud Babayan uchun uchinchi imtixon

Superligada bugun yana bir super to'qnashuv bor.

Turning markaziy o'yini maqomini olgan oqshomda Qarshida "Navbahor" "Nasaf" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv boshlanishiga hali vaqt bor, demak sizda ham bir piyola choy ustida o'yinga bag'ishlangan prevyuni ham mutolaa qilish imkoniyati ham mavjud. 

Nasaf

Superliga. 9-tur

07/05/2023, 19:00

0
:
0
Tugadi

Navbahor

45'
90'
69'  Akmal Mozgovoy (Bahrom Abdurahimov)
84'  ZHo'rabek Mannonov (Shuhrat Muhammadiyev)
84'  Javohir Sidiqov (Azizbek Amonov)
39'  Yovan ZHokich
58'  Asadbek Sobirzhonov (ZHasur YAxshiboev)
72'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Shohruz Norxonov)

O'zaro o'yinlar 

Jamoalar Superligada shu vaqtgacha 52 marotaba to'qnash kelishgan. Katta ustunlik "Nasaf" tomonida, 22 g'alaba. 16ta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlagan bo'lsa, 14ta o'yinda "Navbahor"ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati 79-67, mezbonlar foydasiga. Eng yirik hisob ikki klubda ham 6:0. Umuman so'nggi yillarda "Navbahor"ning kuchayishi jamoalar o'rtasidagi raqobatga, intrigani oshishiga olib keldi. O'yinlar murosasiz o'tishini taminladi. Deylik o'zaro so'nggi 5ta uchrashuvning 3tasida 0:0 hisobi qayd etilgan. 


Berdievning "kalitlari" "Navbahor" darvozasini ocha olmayapti

"Nasaf" 2017 yildan beri chempionat doirasida "Navbahor"ni mag'lubiyatga uchrata olmayapti (4:0). SHundan so'ng "lochinlar"da 6 marotaba murabbiy o'zgardi.  G'alabasiz seriya 11ta uchrashuvni tashkil qilmoqda. Bunday holat 2017 yilgacha faqat bir marotaba kuzatilgan, u ham bo'lsa 4ta uchrashuvni tashkil qilgan (1998, 1999 yilgi mavsum) Yana bir fakt shuki, Ro'ziqul Berdiev 5ta uchrashuvdan buyon raqib darvozasini ocha olayotgani yo'q. Uning qo'lidagi kalitlarning hech biri ish bermayapti. Bugun maydon egalarida bu vazifani Husniddin Aliqulov bajaradi. Standart vaziyatlar, yuqoridan keladigan uzatmalarda Aliqulovda imkoniyatlar bo'ladi. "Nasaf" esa raqibidagi asosiy "mator" Jamshid Iskanderovni yopish orqali butun boshli "Navbahor" o'yinini to'xtatgan bo'lishadi. Unga erkin harakat qilishga qo'yib berdingizmi, tamom. 


02.08.2022. "Nasaf" - "Navbahor" 0:1

03.03.2022. "Navbahor" - "Nasaf" 0:0

29.08.2021. "Nasaf" - "Navbahor" 0:1

19.03.2021. "Navbahor" - "Nasaf" 0:0

26.09.2020. "Navbahor" - "Nasaf" 0:0

"Navbahor" va Babayan uchun uchinchi imtixon

Hozircha Samvel Babayan ikki bor mehmonda kuch sinashdi va ikkisida ham jiddiy raqiblariga uch ochkoni sovg'a qilib keldi. Bugun uning jamoasi uchun uchinchi imtixon. CHempionlik uchun kurashayotgan klub raqobatchilarini yutishi shart. Jamoa safarda faqatgina austayder "Turon"dan ustun keldi, xolos. Uyda esa ularga etadigani yo'q, so'zsiz chempion. Namanganda "lochinlar"ning parvozi muvaffaqiyatli chiqayotganini aytish joiz. Natijalar: 4ta o'yin 4ta g'alaba, to'plar nisbati 10:0, 12 ochko. Ortiqcha gap so'zsiz yuz foizlik ko'rsatkich. "Nasaf" bu mavsum uyda faqatgina "Andijon"ga mag'lub bo'ldi. Hozircha "ajdarlar" ikki yo'lda (so'nggi 4ta o'yin 2tasi durang, 2tasi g'alaba) yurishni birgalikda davom ettirmoqda. 


So'nggi uchrashuv

"Nasaf" - "Navbahor" - 0:1

2 avgust 2022 yil. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 20:00

Hakamlar: Vadim Agishev, Obid Jumaev, Jasur Rustamov, SHuhrat Rajabov

VAR hakami: Akobir SHukrullaev

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Gol: Asadbek Sobirjonov 7, - 0:1. VIDEO

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 4.Husniddin Aliqulov, 7.SHarof Muhitdinov (18.Bahrom Abdurahimov, 62), 9.Ivan Solovyov (14.Alen Masovich, 62), 10.Husayn Norchaev, 22.Akmal Mozgovoy, 34.SHerzod Nasrullaev (2.Alibek Davronov, 77), 77.Oybek Bozorov (17.Suhrob Nurulloev, 77), 88.Marko Stanoevich (19.Mateus Lima, 77), 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Murodbek Rahmatov, 23.Sardor Sadullaev.

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 4.Boyan Ciger, 6.Rustam Ashurmatov, 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Diyor Turopov (20.Doniyor Abdumannopov, 75), 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 24.Davron Hoshimov, 32.Zoran Marushich (11.Jasur Yaxshiboev, 67), 77.Asadbek Sobirjonov (30.Aleksandr Kasyan, 82).

Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 7.Azim Ahmedov, 8.Mirlan Murzaev, 9.Vladimir Kozak, 19.Nurillo To'xtasinov, 28.Stanislav Andreev, .

Ogohlantirishlar: Oybek Bozorov 28, Ivan Solovyov 39, Igor Golban 41, Umar Eshmurodov 41, Marko Stanoevich 76,

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика