So’nggi yangiliklar

11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  0 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  5 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  2 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3

Ro'ziqul Berdiev: “U biz uchun qimmat futbolchi emas, arzon futbolchi“ Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “U biz uchun qimmat futbolchi emas, arzon futbolchi“

O'zbekiston kubogining 3-turidan o'rin olgan “Paxtakor“ - “Nasaf“ uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'yin haqida fikr bildirdi.

Bugun haqiqiy kubok bahsi bo'ldi deb o'ylayman. Kubok o'yinlarida ko'p gol bo'ladi. Biz xato bilan o'yini boshladik. Uchrashuv boshida 2:0 katta hisob, biroq biz o'yinga qayta oldik. Uchrashuvdagi hal qiluvchi vaziyat hisob 3:3 bo'lganida penalti ko'rib chiqilishi lozim edi. Bundan keyin Alibek qizil oldi va bizni og'ir holatga qoldirdi. Bugun mag'lub bo'ldik, “Paxtakor“ jamoasini keyingi bosqichga yo'l olgani bilan tabriklayman.

Jamoa qatorasiga ikkinchi mavsum O'zbekiston kubogida guruh bosqichida qolib ketdi. O'tgan mavsum jamoa mamlakat chempioni bo'lgandi. Bu yil esa jamoalar ancha kuchaydi. Jamoa kubokni qurbon qilishi qanchalik tavakkalchilik bo'ldi?

- Ko'rib turganingizdek, biz kubok uchun juda qattiq “yonayotganimiz“ yo'q. Albatta chiqishni xohladik. Bugun ham biz ko'plab zaxiradagi futbolchilarni maydonga tushirdik. Bizning rejalarimiz va maqsadlarimiz boshqacha. Shuningdek,biz Elit OCHLda o'ynaymiz, bazi o'yinlar bir xil vaqtga to'g'ri kelib qolishi mumkin. Bu esa bizga ortiqcha yuk bo'ladi. Bu gaplarim bilan bizga kubok kerak emas edi demoqchi emasman.

Bugungi uchrashuvda Oleksandr Vorobey oltita gol o'tkazib yubordi. Birinchi bo'limdan so'ng Nematovni maydonga tushirishingizni kutgandim. Vorobeyning transferi qanchalik muvaffaqiyatli bo'ldi? Uning harakatlariga qanday baholaysiz?

- Har ikki darvozabon mashg'ulotlarda yaxshi tayyorgarlik ko'rmoqda. Esingizda bo'lsa, u “Xorazm“ga qarshi uchrashuvda ham maydonga tushdi. Undan oldingi o'yinda Abduvohid ham xatolarga yo'l qo'ydi. Shuning uchun, qo'limizdagi barcha futbolchiga imkon berishimiz kerak.

Shuningdek, Oleksandr Vorobeyning transferi bizga tekinga tushgan. U biz uchun qimmat futbolchi emas, u arzon futbolchi. Biz uni Umid jamoani tark etganidan so'ng zaxira uchun olganmiz. Bugun nafaqat Vorobeyga, balki boshqa futbolchilarga ham imkon berdik. Bugun meni eng xursand qilgan narsa, Bahromovning ajoyib o'yini. U boshqalarga nisbatan ajralib turdi.

Bugun darvozabon xatoga yo'l qo'ygani haqida gapirildi. Biroq hujumda ham vaziyatdan foydalanishda xatoliklarga yo'l qo'yildi. Bu maydon holati bilan ham bog'liqmi?

- Menimcha, bugungi eng katta muammomiz himoyadagi xatolar bo'ldi. Bugun “Paxtakor“ga nisbatan kam gol urgan bo'lishimiz mumkin, lekin biz bugun 3 ta gol urdik. Bu yaxshi ko'rsatgich. Lekin himoyadagi o'yinimiz ko'plab savollarni tug'dirdi.

“Paxtakor“ning bugungi o'yinidan kelib chiqib, jamoa chempionlik uchun kurashga ham qaytishi mumkinmi?

- “Paxtakor“ — brend jamoa. Ular doim chempionlik uchun kurashadi. Ular yaxshi tarkibga ega. Lekin chempionlik uchun nafaqat “Paxtakor“da, balki boshqa jamoalarda ham imkoniyat bor. Ayni vaqtda chempionatimiz ancha shiddatli kechmoqda. Kutilmagan natijalar ko'p. Sovrin uchun kurashadigan jamoalar soni bu yil oshdi. Bu yilgi chempionat ancha qiziqarli o'tadi deb o'ylayman. Mavsumni hali katta qismi oldinda. Ko'plab jamoalarda chempionlik uchun imkoniyat bo'ladi.

Joriy mavsum sizda eng kuchli hujum chizig'i bor. Ko'plab jamoalar bunday hujumchilarni orzu qiladi. Hujumchilaringizni harakatlarini qanday baholaysiz? Aynan Cheranga to'xtalsak. U “Paxtakor“da juda ko'p gol urardi. Hozir esa vazifasi biroz o'zgargandek.

- Cheran hujumortida o'zini ancha yaxshi his qiladi. Biz undan shu chiziqda asosan foydalanyapmiz. Har bir o'yinda u maksimal yordam berishga intilmoqda. Yil boshida bizni ikki nafar hujumchimiz (Abduxaliqov va Marushich) tark etdi. Ularni o'tgan mavsum ancha ko'p foydasi tegdi. Bu yil ularning o'rniga Norchaev va Xebayni olib keldik. Bu hujumchilar bilan mavsum davomida harakat qilamiz.


Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика