So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  37 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  4 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  62 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Ro'ziqul Berdiev: "OCHLda ijobiy natija ko'rsatish uchun borimizni beramiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "OCHLda ijobiy natija ko'rsatish uchun borimizni beramiz"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng "ajdarlar" ustozi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.


- O'yin haqida

- O'yin oldidan bizda xavotir bor edi, chunki kuchli jamoa maydonida to'p tepdik. Bundan tashqari, yigitlarimiz endigina yig'indan qaytishgan edi. Biroq oldimizga qo'yilgan maqsadimizga erishdik. Bugun har ikki jamoada xavfli vaziyatlar yuzaga keldi, o'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Qaysi jamoa gol ursa, o'sha jamoa g'alaba qozonardi. Amalda ham shunday bo'lib chiqdi. G'alabadan xursandmiz, ammo afsuski, o'yin oxirida SHerzod Nasrullaev og'ir jarohatga yo'liqdi. Ertaroq safimizga qaytishini kutib qolamiz.

- Nasrullaev aynan nima tufayli jarohatlangani haqida batafsil malumot bersangiz...

- Hujumga qo'shilayotgan paytda noqulay yiqildi. Tibbiy ko'rikdan so'ng hammasi aniq bo'ladi. Lekin menga aytishlaricha, uning jarohati jiddiy. Bugun-erta shu erda bo'lamiz. Balki jarohati bilan bo'lsa-da, uni o'zimiz bilan birga olib ketarmiz. Xuddi shunday vaziyat G'aybullaev bilan kuzatilmoqda. Uni ham birga olib ketishni rejalashtiryapmiz.

- Bugun markaziy himoyachilar qandaydir palapartish o'ynashdi. Masalan, havodan kelgan to'plar o'tib ketaverdi. Ularning o'yinini qanday baholaysiz?

- Ha, siz aytgandek, bu sezildi. Tanaffusda yigitlarga etiborli bo'lishlarini aytdim. Bu ikkinchi taymda kamroq kuzatildi. Himoyachilarimizda pala-partishliklar kuzatilib turdi. Umumiy o'yinga baho bersak, "Lokomotiv"ga qaraganda ko'proq vaziyatlarga ega chiqdik. 

- Bahrom Abdurahimov ko'p jamoalarda o'ynab chiqdi va u qadar yaxshi ko'rinmadi. Biroq u sizning qo'l ostingizdagi "Nasaf"da juda yaxshi o'ynayveradi. Bu nima bilan bog'liq?

- Uning o'yin uslubi bizga mos keladi. Yigitlarga ko'proq to'pni nazorat qilishni uqtiraman. Lekin u boshqa jamoaga borib, chempion bo'ldi va safimizga qaytgach, u bilan birga Kubokni yutdik. Abdurahimov to'p bilan yaxshi harakat qiladi. Eng yaxshi davrida CHeran bilan yaxshi juftlik hosil qilishgandi. Bahromga ishonishda davom etamiz. 

- Qachongacha bunchalik kamtar bo'lib yurasiz? Nega chempion bo'lish vazifasini oldingizga qo'ymaysiz?

- Bu menga bog'liq emas. Jamoa oldiga yuqori maqsadlarni qo'yishi uchun moliyaviy imkoniyatlarimiz katta bo'lishi kerak. Biz tarkibni kuchaytirish uchun yanada kuchliroq futbolchilarni jalb qilishimiz lozim, lekin bunga imkoniyatimiz bo'lmayapti. SHuning uchun o'z o'yinchilarimizga tayanishga majbur bo'lyapmiz. 

- Osiyo CHempionlar Ligasi oldidan o'z fikringizni bildirib o'tsangiz...

- Ertaga Toshkentda bo'lamiz, indinga "Paxtakor" bilan birgalikda charter reys orqali Saudiya Arabistoniga yo'l olamiz. Birinchi o'yinimiz 8 aprel kuni Osiyoning eng grand jamoalaridan biri bo'lgan Qatarning "Al Sadd" klubiga qarshi kechadi. Umumiy aytib o'tadigan bo'lsak, turnirda ijobiy natija ko'rsatish uchun borimizni beramiz. Imkoniyatlarimizdan maksimal foydalanamiz.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика