So’nggi yangiliklar

15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  0 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  4 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  2 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  3 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  12 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  3

Ro'ziqul Berdiev "Nasaf" mashg'ulotlaridagi penalti musobaqalarida kim ko'proq yutishini aytdi Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev "Nasaf" mashg'ulotlaridagi penalti musobaqalarida kim ko'proq yutishini aytdi

Coca Cola Superligasi 23-turi doirasidagi "Metallurg"ga qarshi o'yindan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Gollarni vaqtida urib oldik. Bu bizning o'yinimizga engillik taqdim qildi. Agarda gol urmaganimizda kurash uzoqroq davom etardi. "Metallurg" so'nggi paytlarda 5 himoyachi bilan o'ynayapti va buni yaxshi tarzda amalga oshirmoqda. Tezkor golimiz ularning rejasini buzdi. Qisqasi, o'yinni nazorat qildik. Hisob yirikroq bo'lishi mumkin edi. Asosiysi - g'alabaga erishdik.

- "Nasaf" har uch kunda o'yin o'tkazyapti? "Navbahor" "Bunyodkor" bilan o'yinni qoldirgani sababli "Nasaf" ham o'yinini qoldirish iltimosi bilan chiqishi mumkinmi?

- Kubok finalga chiqa olmagani uchun kelishilgan tarzda o'yinni qoldirishdi. Agarda biz yoki OKMK ham finalga chiqa olmaganida o'yin qoldirilishi mumkin bo'lgandi. Termaning yig'inlari sababli o'yinlar taqvimi juda ziq. Biroq har qanday vaziyatdan chiqish kerak, shu sababli rotaciya qilyapmiz, boshqa futbolchilarga ham imkoniyat beryapmiz.

- Ketma-ket ikkinchi o'yin-ki, jamoa so'nggi daqiqalarda penaltini ura olmayapti. Penalti tepish uchun alohida futbolchi tayyorlanmayaptimi?

- Bazida penalti tepish bo'yicha musobaqalar o'ynab turamiz. Unda ko'proq men g'olib bo'laman. SHu sababli bu yigitlarda muammoli tarzda ko'rinayotgandir. Albatta, bunga jiddiy yondashishimiz kerak. Bazi paytlarda Aziz yaxshi harakat qilardi. Penaltini yaxshi tepadigan Javohir maydonda emasdi. Zafarmurodga ham ko'p ishonardik. Ushbu penaltilarni tajribali futbolchilarga berdik. Buni tuzatishimiz kerak. CHunki bu muhim o'yinlarda juda kerak bo'lib qoladi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика