Ro'ziqul Berdiev: "Muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik"

"Nasaf" - "So'g'diyona" (3:1) uchrashuvi yakunlanganidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

"Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik. "So'g'diyona" qarshi hujumda harakat qildi. O'yin bizning ustunligimiz ostida o'tdi", - deya o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi Ro'ziqul Berdiev.

- "So'g'diyona" jamoasini o'yini kuchayganmi?

- Bizlarga keladigan barcha jamoalarni o'yini tezda kuchayib qoladigandek. "Metallurg" ham biz bilan o'yinda engil harakat qildi. Umuman Qarshiga kelganda jamoalar yuqori bosimsiz o'ynaydi. Balki shu bois ularning o'yini yaxshi chiqsa kerak.

- Maqsud Karimov yarim himoya chizig'ida yaxshi harakat qilmoqda. Sizga uning harakatlari maqul kelmoqdami?

- Maqsud Karimov uchun bu joy yangilik emas. OCHLda ham Maqsud Karimovni yarim himoya chizig'ida o'ynatgandik. Uning xizmatlari bizga ko'p foyda keltirmoqda.

- "Nasaf" bosh menejeri jamoa oldiga chempionlikni bosh vazifa qilib qo'yilganini aytib o'tdi. Bundan sizning xabaringiz bormi?

- Hozirgina SHamil Yarulin kiyinish xonasi kelib g'alaba bilan tabrikladi va erta-indin rahbariyat bilan ko'rishishimizni aytdi. Balki shunda bizga bu haqida xabar berishar. Barcha masalalar uchrashuv chog'ida gaplashib olinsa kerak.

- Davralar oralig'ida "Nasaf" hujumchi oladimi?

- Birinchi yaxshi hujumchi olish uchun katta imkoniyatga ega bo'lish kerak. Bu haqida ko'p aytilmoqda. Hozircha bu haqida biror narsa deya olmayman. SHuningdek, tarkibimizda Kenja To'raev, Azamat Allaniyozov bor. Ular jarohatdan forig' bo'lib borishmoqda. Ularni hali o'ynatishimiz kerak.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика