So’nggi yangiliklar

15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  6 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  0 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  11 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  3 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  13 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  10 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  5 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1

Ro'ziqul Berdiev: "Moliyaviy holat o'zgarishsiz! "Nasaf"ni bazi futbolchilar tark etishi mumkin" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Moliyaviy holat o'zgarishsiz! "Nasaf"ni bazi futbolchilar tark etishi mumkin"

Superliganing 11-turi doirasidagi "Nasaf" - "Paxtakor" (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev qatnashdi.

- Bugungi o'yinda 70 daqiqa "Paxtakor"ga qarshilik ko'rsata oldik. Oxirgi 20 daqiqani esa yaxshi tugata olmadik. Aynan uchrashuvning shu qismidan keyin "Paxtakor" katta tashabbusga ega bo'ldi. O'yinga tayyorlangan taktika: raqibni o'z jarima maydonchasi atrofida pressing orqali takib qilish edi. Buni qaysidir manoda uddaladik, ammo himoyadagi oson xatolar qimmatga tushdi. Aynan shu jihatlar bugungi mag'lubiyatga sabab bo'ldi. Bu bahona emas.

Moliyaviy holat? Hech qanday o'zgarishsiz ketmoqda jarayon. Klubning moliyaviy holati yaxshilangani yo'q. Bu narsa albatta futbolchilarga ruhiy taraflama tasir qilishi aniq. Ammo bu narsaga etibor bermasdan futbolchilarni o'yinga tayyorlashga, o'yinimiz to'g'rilashga harakat qilyapmiz. Lekin jamoaning umumiy jismoniy holati yomon ahvolda. Futbolchilarni hech birini harakat qilmadi deb ayblay olmayman. Jamoaning mavjud kuchi bugun 70 daqiqagacha chidab berdi. Undan keyin toliqish o'yinga tasir ko'rsatdi. Moliyaviy holatni yaxshilanishini kutib turibmiz. Afsuski hech qanday yangilik yoki o'zgarish bo'lmayapti.

Balki "Nasaf" qaysidir futbolchilar bilan xayrlashishga to'g'ri kelishi mumkin. CHunki bu holat davom etaversa, unda futbolchilarni o'yinga tayyorlash juda qiyin bo'ladi. Murabbiy sifatida albatta bu vaziyatdan chiqishga harakat qilyapmiz. Lekin bu juda og'ir bo'lmoqda. "Nasaf" nafaqat jismonan, balki ruhan ham yaxshi tayyorgarlikka ega emas. Bu esa ketma-ket muvaffaqiyatsiz seriyalarga ham olib kelmoqda. Oldimizda o'yinlar bor, vaziyatni o'nglashga harakat qilamiz. Garchi vaziyat qanchalik qiyin bo'lmasin, vazifa - jamoani o'nglash.

Superliganing birinchi davrasida oson o'yinlarning o'zi bo'lgani yo'q. Barcha bahslar keskin kurashlar va shiddatli o'tmoqda. O'yinlarni saviyasi o'zgargani ko'rinib turibdi. Biz uchun eng qiyin uchrashuv? G'alaba qozongan bahslarimizda oson bo'lgani yo'q. "Nasaf" g'alaba erishmayaptimi, demak barcha uchrashuvlar juda qiyin o'tmoqda", - deydi Ro'ziqul Berdiev. 

Reyting: +126   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика