So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Ro'ziqul Berdiev: "Kubok o'yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Kubok o'yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"

O'zbekiston kubogining 3-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Andijon" jamoasi keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Ular tartibli o'ynab, g'alabaga erishishdi. Biz o'yinni nazorat qilishga intildik, o'sha qizil kartochkadan ham so'ng hujumlar tashkil etdik, oldinga intildik. Biroq "Andijon" jamoasi qo'shib berilgan daqiqalarda qarshi hujumda gol urib ketdi.

- Abduvohid Nematovning tarkibda yo'q ekani jamoa natijalariga tasir ko'rsatdimi?

- Kelinglar, bu masalani muhokama qilmaylik. Yutqazsa, butun jamoa yutqazadi. Darvozabon ko'p vaziyatlarda jamoamizni qutqarmadi. Biroq, hujum chizig'imiz gol urganida natija boshqacharoq bo'lardi.

- "Nasaf" ketma-ket 3 marta kubok sohibi bo'lgandi. Bu yilgi natijaga munosabatingiz?

- Albatta, musobaqani guruh bosqichida yakunlashga majbur bo'ldik. To'g'risi, kubok uchrashuvlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq ko'rmadim. Yo'qotishlar ham o'z tasirini ko'rsatmasdan qolmadi. "Andijon" maydonidagi muhit va muxlislarning jamoa ruhiyatiga tasirini alohida takidlab o'tish kerak.



Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика