So’nggi yangiliklar

12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  0 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  0 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  1 10:20Неймар яна жароҳат олди  3 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  9 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  13 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  5

Ro'ziqul Berdiev: "Hakamning maydondagi harakati ham, chiqarayotgan qarori ham bizga tushunarsiz bo'ldi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Hakamning maydondagi harakati ham, chiqarayotgan qarori ham bizga tushunarsiz bo'ldi"

Superliga 19-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Nasaf" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.




O'yin haqida

Odatda "Buxoro" jamoasi himoyaviy o'yin ko'rsatardi, bugun yanada himoyaviyroq o'yin namoyish etdi. Ularning rejasini buzish uchun birinchi bo'limdagi vaziyatlardan gol ura olishimiz lozim edi. O'shanda hujumda yaqqol ustunlikka ega bo'lishimiz mumkin edi. "Buxoro" ikkinchi bo'limda ko'pchilik bo'lib himoyalandi va bizga vaziyat yaratishga ko'p ham imkon bermadi. Vaziyatlardan unumli foydalanishda hujumchilarimizga sovuqqonlik etishmadi.

O'ylaymanki, bugungi durang ikki jamoani ham qoniqtirmaydi, chunki bizga ham, ularga ham g'alaba kerak edi.

Bugungi uchrashuvga hakamlar o'z tasirini ko'rsatishdimi?

Hakamlar haqida oldin hech gapirmasdim. Lekin bugungi hakam saviyasi va darajasi pastdek ko'rindi menga. CHunki uning maydondagi harakati ham, chiqarayotgan qarori ham bizga tushunarsiz bo'ldi. Bunga nima sabab bo'lganligini bilish qiyin. Yakkakurashlardagi vaziyatlarda ko'p xato qildi, bazi vaziyatlarda g'alati-g'alati qarorlarni chiqardi. Hakamlardan bu darajadagi hakamlikni kutmagandik.    

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика