So’nggi yangiliklar

22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  0 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 3:0 (матнли трансляция)  29 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  12 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1

Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga faqat g'alaba uchun o'ynaymiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga faqat g'alaba uchun o'ynaymiz"

Osiyo CHempionlar Ligasi "D" guruhi 6-tur "Nasaf" - "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismi bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanining dastlabki qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda futbolchi ishtirok etishdi.

"Ertangi o'yin hal qiluvchi bahs. G'alaba bizlarni keyingi bosqichga olib chiqadi. Bu uchrashuvga tayyormiz. Biz faqat va faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Guruhdagi keyingi o'yin natijasi biz uchun muhim emas. Biz faqat o'z o'yinimizga etibor qaratamiz", - deya gap boshladi "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev.

"Al Ahli" jamoasini nega hali ham Qarshiga etib kelmagani sababini aniq bilmaymiz. Klub charter reys orqali 4-5 soat ichida etib keladi. Bu katta tashvish tug'dirmaydi deb o'ylayman. Biz ularni imkon qadar yaxshi o'rgandik. Saudiyadagi o'yinni ham chuqur tahlil qildik va tegishli xulosalarni chiqardik. Bu bahsda o'tgan o'yindagi xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz" - deydi Ro'ziqul Berdiev.

"SHuhrat Muhammadievning jarohati? Hozirda futbolchi o'yinga to'liq tayyor emas. SHu bois biz SHerzod Azamovni o'ng qanotda o'ynatishga majbur bo'lmoqdamiz. Ertaga Muhammadiev zaxirada qolishi ham mumkin. Maqsud Karimov qaysi poziciyada o'ynaydi? U aslida markaziy himoyachi. Lekin bazida uni tayanch zonasida ham o'ynatib turamiz. Hozir shuni aytishim mumkinki, ertaga Maqsud Karimov maydonga tushadi. Qolganini ertaga bilamiz. Hujum chizig'idagi muammolar haqida so'nggi paytlarda bot-bot gapirishmoqda. Bu borada o'z imkoniyatlarimiz doirasida ish olib bormoqdamiz. Hujumchilar muammosi bu butun o'zbek futbolidagi eng og'riqli nuqta hisoblanadi ", - deydi Ro'ziqul Berdiev.



Maqsud Karimov: "Ertaga butun o'zbek halqi uchun katta bayram. Osiyo chempionlar ligasida qatnashib shuni bildikki, bu juda yuqori saviyadagi musobaqa. Ertangi bellashuvda biz g'alaba qozonib butun o'zbek xalqini xursand etmoqchimiz".


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика