So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  19 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  4 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga 12-o'yinchi bilan harakat qilamiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga 12-o'yinchi bilan harakat qilamiz"

OCHL 4-tur doirasidagi "Nasaf" - "Al Jayish" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.


"Yutqazgan o'yinarimizning barchasida raqib jamoa murabbiylari, muxlislar yaxshi o'ynadinglar deb takidlamoqda. Ammo bizda ochko yo'q. "Al Jayish" jamoasi qarshi hujumda juda xavfli. Buni unutmagan holda harakat qilamiz. Ertangi uchrashuvda biz 12- o'yinchi bilan harakat qilamiz va ishqibozlarimizni g'alaba bilan xushnud qilamiz deb o'ylayman. Stadionga keladigan muxlislarimiz bizni qo'llab-quvvatlashsa, bu narsa futbolchilarimizga qo'shimcha kuch beradi. Bizni og'ir va oson bo'lmagan bahs kutib turibdi. Ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. Tartibli, shiddatkor futbol orqali o'z maqsadimizga erishamiz deb umid qilaman. Hujumda o'ynagan holda raqibning qarshi hujumlaridan ehtiyot bo'lishimiz lozim. Bahrom Abduraximov kechadan boshlab mashg'ulotlarga qo'shildi. Unda biroz og'riq bor, ammo o'zining aytishicha, maydonga tushib jamoaga yordam berishga tayyor. Hujumda kim o'ynashini esa ertaga o'yin oldidan hal qilamiz. Futbolchilardan ortiqcha bosimni olib tashlab, o'z o'yinimizni namoyish qilishlari uchun tayyorlaymiz. Xotirjam o'ynashimiz lozim", - dedi Ro'ziqul Berdiev.


SHerzod Azamov: Ertangi bahsda ochko yo'oqtishga haqqimiz yo'q. Bizni faqat g'alaba qanoatlantiradi. Har bir ochko yo'qotilishi bizni pley-offdan uzoqlashtiradi. Biz "Al Jayish"ga qarshi o'yinga tayyormiz. Xudo xohlasa "Al Jayish" bilan bo'ladigan uchrashuvda g'alaba qozonamiz. Raqib tarkibida bir qator kuchli va malakasi yuqori futbolchilar ko'p. Hamdallah, Romarino, Rashidov singari havfli futbolchilar bor. Hamdallahning ustun jihati uning texnikasi yuqori va katta tajribaga ega. Uning to'p bilan muomala qilish sanati yuqori darajada. Umid qilamizki, ertaga bo'ladigan bellashuvda o'z maqsadimizga erishamiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика