So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  36 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  3 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  60 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Ro'ziqul Berdiev: "Ergashev bizning o'yinchilarga qiliq ko'rsatdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ergashev bizning o'yinchilarga qiliq ko'rsatdi"

"Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa ustozi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ro'ziqul Berdiev: Qizil kartochkagacha o'yin bizning nazoratda edi. Yirik hisobda yutishimiz mumkin edi. CHetlatishdan so'ng hammasi o'zgardi. Bugun ikki ochko yo'qotdik. Juda alamli o'yin bo'ldi. O'tgan yili ham hakamlardan ko'p jabr ko'rgandik. 


- O'yin so'ngida bo'lgan hodisalarga nima sabab bo'ldi?

- Yigitlar aytishi bo'yicha, chetlatish bo'lgan vaziyat qizil kartochkaga tortmas edi. VAR bunga aralashishi lozim edi. Yon hakam qizil kartochka ko'rsatilishi kerakligi haqida bosh hakamga aytibdi. VAR va yon hakam qaror qabul qilsa, bosh hakam nega kerak. Yigitlar aytishicha, shogirdim atayin oyog'ini qo'ymoqchi bo'lmagan. 


- Yani o'sha vaziyat shu hodisalarga olib keldi.

- Ha, hissiyotlar to'lib-toshdi. Yigitlar o'yindan so'ng hakam bilan suhbatlashib, sekin maydonni tark etayotgandi. Biz ham bir chetda turgandik. Ergashev bizning o'yinchilarga qiliq ko'rsatdi. Bu futbolchiga yarashmasdi. Men oldiga borib, unga dakki berdim. Unda bunday holat birinchisi emasdi. Licenziyamni olib qo'yishar emish. Mayli, olaverishsin. Bu qo'rqinchli emas. Lekin bu holat adolatdan emas.


- Birinchi bo'limda yon hakamga ko'p etiroz bildirdingiz...

- Hakamlik haqida hozir aytdim, albatta, ulardan ko'nglim to'lmadi. Ko'rdinglar, biz har tomonlama oldinda edik. Kartochka bo'lmaganda osonlikcha g'alaba qozonardik.

Penaltidan yaxshiroq vaziyatlar ko'p bo'ldi. Oxirgi o'yinlarda Abdirahmatov bilan Siddiqov bajarardi. Bugun kim o'ziga ishonsa, o'sha bajarishi kerakligini takidlagandim. SHerzod buni  metrli standartni amalga oshiradigan bo'ldi.


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика