So’nggi yangiliklar

13:47"Манчестер Юнайтед" А Сериядаги ярим ҳимоячи билан шартнома имзолаши мумкин  0 13:11Левандовски "Барселона" билан шартнома ҳақида: "Ҳали қарор қабул қилиш учун вақтим бор. Қаерда ўйнашни ва қайси йўналишда ҳаракат қилишни билмайман, лекин босим йўқ"  0 12:25"Реал" Зиданни қайтармоқчи  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛда "Boxing day" даваом этади ва бошқалар  0 11:41Расман: Фежсал Мулич — “Сўғдиёна” футболчиси  9 11:23"Ливерпуль” собиқ футболчиси "Манчестер Юнайтед"га Стерлингни сотиб олишни таклиф қилди  3 10:53Роберт Левандовски футболдаги сўнгги йилларида нималарга эришишни истаётганини айтди  0 10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  1 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  4 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  5 08:57"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  7 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  5 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  9 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  12

Ro'ziqul Berdiev: "CHempionlik goli? Bunday deyishga erta" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "CHempionlik goli? Bunday deyishga erta"

Coca-Cola Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Bugungi raqibimiz har tomonlama kuchli va tajribali jamoa edi. Qolaversa, ularning maydonida o'ynadik. Mezbonlar chuqur himoyalanishdi va bu bizga etarlicha qiyinchilik tug'dirdi. Juda muhim uchrashuv edi va yigitlar shunga mos harakat qilishdi.

Birinchi bo'limda mezbonlar futbolchisi birga-bir vaziyatga chiqib borgandi, darvozabonimiz bartaraf etishga erishdi. Agar bu vaziyat gol bilan yakunlanganida biz uchun yanada qiyin bo'lardi. Ikkinchi bo'limda katta kuch bilan hujumga o'tdik. Yuqorida aytdim, bizga g'alaba zarur edi. Muhim 3 ochkoni kuchli raqib maydonida qo'lga kiritdik.

- Legioner futbolchi Lima Kruz bugun chempionlik golini kiritdi deb hisoblaysizmi?

- Ko'rayotgan bo'lsangizlar, Lima oxirgi o'yinlarda juda yaxshi harakat qilayapti. Balki kam gol urayotgandir, ammo raqiblarga bosim qilayapti, kurashlarda faol va jamoamizga katta foydasi tegayapti. CHempionlik goli haqida hozir oldinda o'yinlar bor, lekin u bugun jamoamiz uchun o'ta muhim golni kiritdi.

- Bugun G'olib G'aybullaev oldinga chiqib o'ynadi. U aynan Umar Eshmurodovning o'rnida harakat qildi. Bunga sabab nima?

- Alibek Davronov yo'qligi tufayli biz G'olib G'aybullaevni o'sha chiziqda o'ynatdik. Ko'proq oldinga chiqishining sababi vaziyat shuni taqozo qildi.

Reyting: +55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика