So’nggi yangiliklar

14:53Меҳди Моҳиби: "Умид қиламанки, CAFA турниридаги ҳолат такрорланмайди"  0 14:36Вирц ёзда "Реал"га ўтадими?  1 14:08Парротт Ирландия терма жамоасининг ноёб ўйинчисига айланди  1 13:39U-19 чемпионати. "Машъал" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, 3-ўринни қўлга киритди  1 13:21Ўруновнинг клубдоши: "Эрон бошқа жамоа, ука"  13 12:54Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Эрон асосий таркибида йўқотиш  0 12:37Эксперт фикри. Санжар Турсунов: "Шу руҳда давом этсак Миср ҳам, бошқа рақиблар ҳам қўрқинчили бўлмайди"  3 12:10Самуэле Инасио: "Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати мен учун мундиал олдидан тажриба бўлди"  2 11:50Ўзбекистонлик ҳакамлар Бразилия – Франция учрашувида ишлайди  4 11:20МЮ Харри Магуайр бўйича якуний қарорга келди  4 10:42Исроиллик футболчи 99 йилга футболдан четлатилди  9 10:15"Реал"нинг икки нафар футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин   3 09:47Футзал. Бугун 5-тур баҳсларига старт берилади  0 09:20"Оила футболдан муҳимроқ." Адвокат оилавий сабабларга кўра ҳал қилувчи ўйин олдидан Кюрасао терма жамоасини тарк этди  1 08:55Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди  65

Ro'ziqul Berdiev: "Bu durangdan boshqa jamoalar manfaat topdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bu durangdan boshqa jamoalar manfaat topdi"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Bugungi o'yin chempionatimizdagi eng yaxshi uchrashuvlardan biri bo'ldi. Bunga muhitni ham, o'yinni ham sabab sifatida ko'rsatsak bo'ladi. Mana shu kabi o'yinlar ko'p bo'lsa, chempionatimizning saviyasi, darajasi ko'tarilganidan dalolat beradi.

Uchrashuvni yaxshi boshladik, gol urib oldik. Standart vaziyatga etibor qaratishimiz lozim edi, afsuski gol bilan tugadi. Umuman "Andijon" jamoasi kurashuvchan raqib. Bugungi durangdan boshqa klublar manfaat topdi nazarimda.

- "Nasaf" bugun ochko yo'qotdi degan fikrlar aytildi. Sizning bu boradagi qarashingiz qanday?

- Yo'qotishlar hali hamma jamoada bo'ladi. CHempionatimizdagi ko'p jamoalarning darajasi tenglashib borayapti. Bugun g'alaba uchun o'ynagandik. "Andijon" jamoasi o'z muxlislari qarshisida juda yaxshi futbol namoyish etadi. O'yinga qaytadigan bo'lsak, goldan so'ng biz oddiy futbol ko'rsatishga o'tib qoldik. Ikkinchi bo'limda o'zgarishlar to'p nazoratiga zamin yaratdi, vaziyatlarimiz bo'ldi, biroq golga aylantira olmadik.

- Javohir Sidiqov zaxirada qolganiga sabab nima?

- Jamoamizda raqobat bor. Biz barchaga imkon berib borayapmiz. Javohir "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng jarohat olgandi.

- "Navbahor"ga qarshi ketma-ket ikkita o'yin o'tkazasizlar. SHu o'yinlar haqida fikringiz qanday?

- Biz barcha jamoa bilan o'ynay olamiz, buni bir necha bor isbotlaganmiz. SHu sababdan barcha jamoalarga qarshi g'alaba uchun maydonga chiqamiz.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика