So’nggi yangiliklar

07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  3 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  1 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  20 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  6 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  60 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  73

Ro'ziqul Berdiev: "Biz guruhda qolib ketadigan bo'lsak ham bundan uyalmaymiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Biz guruhda qolib ketadigan bo'lsak ham bundan uyalmaymiz"

"Nasaf" - "Al Jayish" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.


"Natija biz uchun qoniqarli bo'lmadi. Qaysidir manoda biz o'z o'yinimizni ko'rsata oldik. Ammo kutilgan natijani qo'lga kirita olmadik. Biz asosan pozicion hujumlarga urg'u bergandik. Ammo tezkor gol kiritib, "Al Jayish"ning rejalarini buzib qo'ya olmadik. Hujum chizig'imizdagi muammolar pand berdi. Ushbu bellashuvda etirozim hujumda o'ynagan futbolchilarga. Boshlang'ich tarkibda Bobir Abdixoliqovni kiritmadim deb tanlovda adashdim deb o'ylamayman. O'yin davomida oddiy vaziyatlarda to'pni yo'qotishlar bo'ldi. Bu hayajon bilan bog'liq. Ushbu bahsda xattoki to'p bilan eng yaxshi muomalada bo'ladigan Bahrom Abduraximov ham ko'plab xatolarga yo'l qo'ydi. Balki unga "Obod"ga qarshi o'yinda olgan kichik jarohati to'sqinlik qilgandir. Bahrom Abduraximov jamoamizning etakchi futbolchilaridan biri. Bugun u eng yomon o'yinini o'tkazdi. Hali guruh bosqichida ikkinchi o'rin uchun kurash davom etadi. Agarda jamoamiz guruhda qolib ketadigan bo'lsa ham bundan uyalmaymiz. Biz sharmanda bo'ladigan o'yin ko'rsatmadik. Hujumchi masalasi necha yillardan buyon ko'tarilib kelinadigan mavzu va bu og'riqli nuqtamiz sanaladi. Bizda yuqori malakali hujumchini sotib olish uchun moliyaviy imkoniyatlarimiz yo'q. Bu narsa anchadan beri pand berib kelmoqda. Kelgusida aynan shu masalani rahbariyat oldida ko'taraman. Agarda guruhdq qolib ketadigan bo'lsak, unda nafaqat yuqori darajadagi futbolchilarning yo'qligi, balki hali biz ham o'sha darajaga chiqa olmaganimiz ham sabab bo'ladi. Demak ko'proq ishlashimiz va mehnat qilishmiz lozim. OCHLda ishtirok etib shuni tushundikki, tarkibda yuqori darajadagi top futbolchi zarur ekan. ", - deydi Ro'ziqul Berdiev. 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика