So’nggi yangiliklar

10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  0 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  0 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  6 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  4 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  14 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  8 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  45 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  1 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2

Ro'ziqul Berdiev: "Andijon"da ruhiy tayyorgarlik ancha pasayganini ko'rdim" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Andijon"da ruhiy tayyorgarlik ancha pasayganini ko'rdim"

O'zbekiston kubogi 1/8 finali javob bahsi doirasidagi "Andijon" - "Nasaf" (1:2, birinchi o'yin 0:5) o'yinidan keyingi matbuot anjumani faqat bir qismdan iborat bo'ldi.
Mezbonlar bosh murabbiyi Azamat Abduraimov matbuot anjumaniga kelmadi.

SHu bois faqat "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugungi o'yinga ham jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Oldingi uchrashuvdan keyin kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgan o'yinchilarimga ham imkoniyat beraman deb aytgandim. Men bugungi o'yin uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman, - deb gap boshladi Berdiev.  

Bugun ular bor kuchlari bilan to'p tepishdi. SHogirdlarimning ayrimlarini jismoniy tayyorgarligi yaxshi emasligini bilib oldim. Lekin bugun jamoam yutuq uchun yaxshi harakat qilishdi. Keyin etibor bergan bo'lsangiz safimizda 17 yoshli o'yinchilar ham maydonga tushishdi. Bu degani biz har doim yoshlarga etibor beramiz va ularga imkoniyat berishda davom etamiz.

- SHerzod Azamovning jarohati u qadar jiddiy emas. Bunday jarohatlar bu o'yinchimizda tez-tez uchrab turadi. SHifokorlarni aytishi bo'yicha hammasi joyida. Keyingi o'yinlarda jamoamizga yordam berishga tayyor.

- Bugun "Andijon" jamoasi ham biz kabi o'yin amaliyoti oz bo'lgan o'yinchilar bilan to'p surdi. Hozir o'yinda shuni guvohi bo'ldimki, jamoada ruhiy tayyorgarlik ancha pasaygan. O'yinchilarda o'ziga bo'lgan ishonch yo'qolib qolgan. Xujumlarni yakunlashda ularda sovuqqonlik etshmayapti. O'ylaymanki, bu vaqtinchalik holat. "Andijon" jamoasida yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Keyingi o'yinlarda jamoa maqsad sari dadil qadam tashlashadi deb o'ylayman.

- Albatta biz kubok bahslarida uzoqroqqa borishni maqsad qilganmiz. Keyingi bosqichda biz “Navbahor" jamoasi bilan o'ynaymiz. Namanganliklar bu yil ajoyib o'yin namoyish etyapti. Bu jamoa bilan o'yinga ham jiddiy tayyorgarlik olib boramiz, - deydi Ro'ziqul Berdiev.

Komiljon Ikromov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика