So’nggi yangiliklar

07:55Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  0 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  1 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  33 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  46 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  9 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  24 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  8

Ro'ziqul Berdiev: "Andijonda eng yomon o'yinlarimizdan birini o'tkazdik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Andijonda eng yomon o'yinlarimizdan birini o'tkazdik"

Coca Cola Superliga navbatdagi turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.




"Bugun raqibimizdan yaxshiroq o'ynamadik. Lekin, g'alaba qozondik. Bu futbolda muhim ahamiyat kasb etadi. Agar mag'lub bo'lganimizda o'zimizni xatolarimiz evaziga yutqazgan bo'lardik. Futbolchilarni bu o'yinga ruhiy tomondan tayyorlash qiyin bo'ldi. Istasak istamasak yigitlar turnir jadvaliga, raqibning oxirgi o'yinlariga qarashadi. "Andijon" jamoasi tan olish kerak bizga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. "Andijon" jamoasining himoya va hujum chizig'ida muammolari borligini bilardik. Xatolardan unumli foydalanish kerakligini tushuntirdik.

Yuqorida ham aytdim. "Andijon" jamoasidan yaxshi o'ynamadik. Kiyinish xonasida ham yigitlarga bu oxirgi yomon o'yinimiz bo'lishi kerakligini aytdim. Jamoamiz bunchalik yomon to'p tepmagan. Bugun eng yomon o'yinlarimizdan birini o'tkazdik. Bunga raqibimiz ham imkoniyat bermadi. Maydon holati ham ideal emas edi. SHuning uchun ham ikki jamoa qiynaldi. Mazmunli o'yin ko'rsatish uchun to'sqinlik qildi.

"Andijon" jamoasini yo'qotadigan hech narsasi yo'q edi. Ular har bir o'yinda natija uchun o'ynashmoqda. SHuning uchun mahorati etganicha kurashmoqda. Raqib to'rtta hujumchi bilan oldinga o'tgani uchun uchinchi markaziy himoyachini markaziy himoyachini tushirdik. Bu sxemada ko'p o'ynaganmiz. Asosiy maqsadimiz natijani saqlab qolish edi.



Dilshod Rahmatullaev etakchi o'yinchilarimizdan biri. Oraliqdagi tanaffusda mashg'ulotlarga kam qatnashgani bois formasini yo'qotib qo'ydi. Endi formasini tiklamoqda. Unga ishonganimiz uchun jamoamizga taklif qildik. Tajribasi katta.

2017 yil oxiri 2018 yil boshida o'sha esingizda bo'lsa "Paxtakor"ni 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratganimizdan keyin jamoamiz bilan etakchilarni saqlab qolgan holatda chempionlik uchun kurashishimizni takidlagandik. Lekin, unday bo'lmadi. O'sha mavsumdan keyin moliyaviy tomondan pasayish kuzatildi. Ko'proq yoshlarimizga etibor beramiz, ularning o'sishi uchun harakat qilamiz. O'shanda tarkibni saqlab qolib, 1-2 nafat tajribali futbolchi olganimizda bemalol chempionlik uchun kurasha olardik. Hozir bu futbolchilar qaerda o'ynayotganini yaxshi bilasiz. Rahbariyatga buni ko'p bor takidlaganmiz. Imkoniyat bo'lmadi. Imkon qadar oldimizga yuqori maqsad qo'yamiz. Yoshlarni har tomonlama shakllantirishimiz kerak. Bu narsa kelajakda katta foyda beradi deb o'ylayman.

"Andijon"ni Superligada qolishi juda qiyin bo'ladi. Eshitishimizga qaraganda jamoaga yangi homiy topilgan, yangi murabbiy keldi. Murabbiy ham sexrgar emas, unga ham sharoit kerak, yaxshi futbolchi kerak, vaqt berish lozim. "Andijon"ga omad tilayman.

Oybek Bozorov haqida bizga hech kim taklif bilan chiqmadi. Uning biz bilan uzoq yillik shartnomasi bor",- deydi Ro'ziqul Berdiev.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика