So’nggi yangiliklar

23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  0 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  8 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  1 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:28АПЛ. "Ливерпуль" - "Лидс" ҳамда Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  1 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  9 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  5 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0

Ro'ziqul Berdiev: "Agar terma jamoa rejalarini buzib qo'ymasa futbolchilarimizni "Bunyodkor" bilan o'yin uchun so'rab turamiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Agar terma jamoa rejalarini buzib qo'ymasa futbolchilarimizni "Bunyodkor" bilan o'yin uchun so'rab turamiz"

Tunda "Championat.asia"da Nodirxo'ja Yuldashevning maqolasi chop etilgan edi.

Ro'ziqul Berdiev va Slavcha Voyneskining O'FAga "ayta olmayotgan" gaplari!

Ana shu maqola yuzasidan "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev bilan bog'landik va uning fikrlari bilan qiziqdik. Quyida "ajdarlar" ustozining yuqoridagi mavzu haqida bildirgan fikrlarini etiboringizga havola etamiz.

"Biz Timur Kapadze (O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi) bilan hamisha aloqadamiz va o'zaro gaplashib turibmiz. U mendan o'yinchilar haqida so'raydi, men uning rejalari haqida so'rab turaman. Muhim o'yinlar deb futbolchilarni yig'ayotgani uchun biz yigitlarni yuboryapmiz. Lekin, Kapadzedan hech bo'lmasa "Bunyodkor" bilan o'yinga futbolchilarimizni berishini so'radim.

Biz tarafdan meni ham, klubni ham poziciyasi - terma jamoalarni hurmat qilish va ularni rejasiga qarab ish tutishimiz kerak. Terma jamoalar murabbiyi shunday reja qilgan bo'lsa, biz bunga qarshi chiqmaymiz, faqatgina maslahatlashishimiz mumkin. U-23 terma jamoasiga chaqirilgan o'yinchilarimizni ertaga boshlanadigan yig'inga yuboramiz. "Nasaf"ning "Bunyodkor"ga qarshi o'yini arafasida esa ularni hech bo'lmasa o'yinga olishni maslahatlashib ko'ramiz. Faqat bu narsa Kapadzening rejalarini buzmasagina amalga oshishi mumkin, chunki biz terma jamoalar va ularning murabbiylarini hurmat qilamiz.

Bizni poziciyamiz qaysi terma jamoaga kerak bo'lsa o'yinchilarimizni yuboramiz, garchi o'zimiz qiyin vaziyatga tushib qolishimiz mumkin bo'lsa ham. Yana bir marta takrorlayman, shogirdlarimni "Bunyodkor" bilan o'yinga olishimiz olimpiya terma jamoasining rejalarini buzib qo'ymasa amalga oshishi mumkin. Balki, ular yig'in davomida o'rtoqlik o'yinlari rejalashtirgan bo'lishi mumkin. Hammasini Toshkentdagi o'yinimizga yaqin bafurja maslahat qilamiz".


Qarshining "Nasaf" jamoasi Superliga 10-turi doirasida "Bunyodkor"ga qarshi bahsni 24 may, seshanba kuni "Bunyodkor" stadionida o'tkazadi. 11-tur bellashuvini esa 28 may, shanba kuni o'z maydonida "Dinamo"ga qarshi o'tkazadi.





Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика