So’nggi yangiliklar

17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  0 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  0 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  7 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  4 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5

Ro'ziqul Berdiev: "5:0 hisobi bizni to'liq qoniqtiradi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "5:0 hisobi bizni to'liq qoniqtiradi"

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Nasaf” ustozi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.
- Ishonchli g'alabaga erishdik. Asosiy vazifamiz chorak finalga chiqish edi. O'ylaymanki, biz bunga juda yaqinlashdik, -deya gap boshladi Ro'ziqul Sadullaevich. 

- Hisob bizni to'liq qoniqtiradi. Natija  o'yinga mos bo'ldi. Bu g'alaba bilan barcha muxlislarni tabriklayman. May oyida yana ikki marta “Andijon” bilan safar kuch sinashamiz. Baribir asosiy etiborni chempionatdagi o'yinga qaratamiz. CHunki bundan buyog'iga ochko yo'qotmasligimiz zarur. Qolaversa “Andijon”dan oldin chempionat doirasida Qarshida “Bunyodkor”ga qarshi o'ta muhim o'yin kutib turibdi. Endi bor etiborimizni ana shu o'yinga qaratamiz.

-Bugun Igor Taran ikkinchi bo'limda maydonga tushdi va gol urdi...
 -Taran mamlakatimizdagi tajribali futbolchilardan biri hisoblanadi. Biz uni bejizga jamoaga taklif qilmaganmiz. To'g'ri, mavsum boshida jarohatlari bois u o'tgan o'yinlarda maydonga tusha olmadi. Biroz o'yin amaliyotiga ega bo'lsa, uning jamoamizga yordami tegadi.

- Oxirgi ikki o'yinda Maqsud Karimov maydonga tushmadi? Gadoev qachon safga qaytadi?
 - Maqsudni kichik jarohati bezvota qilayotgandi. Ammo hozir u umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshlagan. Gadoev esa shifokorlarimizning aytishicha, ikkinchi davradan maydonga tushishi kutilmoqda. Albatta, jarohatlangan Gadoev, SHomurodov maydonga qaytsa, Taran o'z “forma”siga qaytsa, jamoamiz o'yini yanada kuchayishiga umid qilsa bo'ladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика