So’nggi yangiliklar

17:22Суперлига. "Сўғдиёна" – "Пахтакор": Қувватов, Қаҳрамонов, Жалолиддинов, Фламарион бошланғич таркибда, Таҳсин ва Дориев йўқ  0 16:50Суперлига. "Нефтчи" – "Локомотив" 2:1 (матнли трансляция)  36 16:45Суперлига. "Насаф" – "Сурхон" 0:0 (матнли трансляция)  4 16:25Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қозоғистон U-16'га мағлуб бўлди  1 15:36Шармандагарчилик давом этади: CAF Садио Манеден Африка Миллатлари Кубогининг энг яхши ўйинчиси совринини қайтаришни талаб қилди  7 14:41Руни тарихдаги энг ёмон Жаҳон чемпионатини айтди  11 14:14Иккинчи таймда порлаган Салоҳ  1 13:39ФИФА Жаҳон чемпионати бўйича қарор қабул қилди  14 13:08"Биз ҳеч кимдан қўрқмаймиз": Кейн "Бавария"нинг "Реал"га қарши ўйинлари ҳақида  22 12:40Павич "Бавария" тарихида ЕЧЛдаги энг ёш ўйинчига айланди  1 12:03Кэррик "Манчестер Юнайтед" футболчисини йил ўйинчиси совринига лойиқ деб билади  5 11:21Беллингем қачон майдонга қайтади?  3 10:54"Реал" МЮнинг трансфер мақсадини "илиб кетмоқчи"  2 10:21"Манчестер Сити" ва "Челси" товон пули 500 миллион евролик футболчига қизиқиш билдирмоқда  3 09:52"Ливерпуль" ёзда олти ўйинчи билан хайрлашиши мумкин  3

Ro'zimboy Ahmedov: "Xorazm" Superligada raqiblariga "bosh og'riq" bo'la oladi" Yangiliklar

Ro'zimboy Ahmedov: "Xorazm" Superligada raqiblariga "bosh og'riq" bo'la oladi"

"Xorazm" jamoasi Toshkentda Superligaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Uzoq tanaffusdan so'ng elitada qatnashadigan jamoa mashg'ulot va nazorat uchrashuvlari orqali hozirlikni maromiga etkazishga harakat qilmoqda. Kecha poytaxt yig'ini doirasida "Qizilqum" bilan nazorat uchrashuvda kuch sinashdi. Uchrashuvdan so'ng "Xorazm" bosh direktori Ro'zimboy Ahmedovga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 

- "Xorazm"ning Superligada ishtirok etishi aniq bo'lgach tayyorgarlik rejalariga o'zgartirish kiritildimi?

- To'g'risini aytganda o'tgan mavsum tugaganidan so'ng Pro ligada oldimizga Superligaga chiqish vazifasini qo'ygan holda tayyorgarlikni boshlagan edik. Lekin vaziyat o'zgarib ketib diqqat markazida Superliga masalasi ko'tarilgach qaysi ligada qatnashishimiz aniq emasdi. Bu narsaga aniqlik kiritilgach rejalarimizga tezda o'zgartirish kiritdik. Selekciya ishlari yana kuchaytirilmoqda. Umid qilamanki, Superliga startiga qadar tarkibimizni va tayyorgarligimizni maksimal darajaga keltirib olamiz. 

- "Xorazm" elitada kuchli jamoalar bilan raqobat qilishiga to'g'ri keladi. Jamoa mana shu pallaga o'zini hozirlab boryaptimi?

- Rahbariyat, murabbiylar shtabi buni tushunib turibdi. Bu yil Hakim Fuzaylov boshchiligidagi tajribali murabbiylar shtabiga ishonch bildirdik. Raqobatbardosh jamoa shakllantirishimizga ishonaman. Birinchi yil oson bo'lmasligi aniq. "Xorazm" Superliga jamoalariga yoqimli "bosh og'riq" bo'la oladi. 

- "Xorazm" uy uchrashuvlarini qaerda o'tkazadi va o'z maydoniga qachon qaytishi rejalashtirilgan?

- Yilning boshida o'yinlarimizni Toshkent viloyatidagi "Do'stlik" stadionida o'tkazib turamiz. Stadionimizda qurilish-rekonstrukciya ishlari, maydon chimini almashtirish jarayonlari bo'lib o'tadi. Ayniqsa maydon chimi borasida ishlarimiz tez bitadigan bo'lsa uyga ertaroq qaytishimiz ham mumkin. 

- Saytimizda "Xorazm"ning xorijda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borishi haqida xabar chiqdi...

- Rejamiz bo'yicha 14 fevral kuni Antaliyaga ketishimiz kerak. Bu sanaga qadar tarkibimizni to'liq aniqlab olishimiz lozim. 

- "Xorazm" jamoasining muxlislari bor. O'z vaqtida Superligada o'ynaganida stadionlarni to'ldirishgan. Ularga qanday umid bera olasiz?

- Ulardan bizni faqat qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolardim. Yuqorida aytganimdek Toshkentda o'ynaymiz. Bu o'z-o'zidan tasir qiladi. Muxlislarni Toshkentga olib kelishga harakat qilamiz. "Xorazm" uchun bu yil o'zgacha va muhim mavsum bo'lishini ayta olaman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика