So’nggi yangiliklar

22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  0 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 3:0 (матнли трансляция)  29 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  12 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1

Ro'zimboy Ahmedov: “O'yindan oldin g'alabaga bo'lgan ishonch yuqori edi” Yangiliklar

Ro'zimboy Ahmedov: “O'yindan oldin g'alabaga bo'lgan ishonch yuqori edi”

Farg'onaliklar mana ikkinchi yildirki, “Bunyodkor”dan safarda ochko tortib olmoqda.
 O'tgan mavsum durang qayd etgan “Neftchi”, bu yil uch ochko bilan qaytdi. “Qaldirg'ochlar” darvozasiga kiritilgan yagona gol muallifi Ro'zimboy Ahmedov uchrashuvdan so'ng saytimizga qisqacha intervyu berdi.

- O'yin haqida nima deyishim mumkin? Yutdik, tabiiyki g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Bilasizmi uchrashuvdan oldin bizda g'alabaga bo'lgan ishonch yuqori edi. Barcha futbolchilar uyga uch ochko bilan qaytish haqida o'yladi. Raqibdan qolishmasdik. Tarkibimiz ham bu yil etakchi ijrochilar bilan kuchaytirildi. Qolaversa Farg'onadan bizni qo'llab-quvvatlash uchun ko'plab ishqibozlar borgandi. Ularning daldasi ham bizni yanada ruhlantirdi va g'alaba bilan ularni xursand qilish uchun astoydil harakat qildik.

- Garchi kerakli natijani qo'lga kiritgan bo'lsakda, g'alabaga osonlikcha erishilgani yo'q. Ahillik evaziga yutdik deb o'ylayman. CHunki hamma bir-birini qo'llab-quvvatladi. Xudoga shukur, ayni damda jamoada ichki muhit alo darajada. Aynan ushbu jihatlar evaziga chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etyapmiz.

- Penalti? To'g'risi uni amalga oshirish uchun mendan tashqari yana jamoada bir nechta futbolchi bor. 11 metrlik to'pini kim tepishi muhim emas. Asosiysi undan aniq foydalanishdir. SHunday vaziyatlarda kimda o'ziga bo'lgan ishonchi yuqori bo'lsa, o'sha nuqtaga yaqinlashadi. Yaratganga shukur, muxlislarimiz oldida yuzim yorug' bo'lib, penaltini aniq amalga oshira oldim.

- Ko'rgan bo'lsangiz menda yana bir qancha qulay vaziyatlar bo'ldi. Lekin ko'pichna omad yuz o'girdi. Keyingi o'yinlarda ham gollarim sonini oshirishga xarakat qilaman. CHunki hujumchini vazifasi gol urish. SHunda o'z-o'zidan g'alabalar ham kelaveradi.

- Keyingi turda “Dinamo”ni qabul qilamiz. To'g'ri, “Bunyodkor”ni safarda yutdik, lekin bu tarixda qoldi. Endi asosiy etiborni bo'lajak bahsga qaratish kerak. Hozir oson o'yinlarning o'zi yo'q. Har bir bahsda jiddiy kurash bo'lmoqda. Albatta 9 may kuni bo'lib o'tdigan bahsda ham ishqibozlarimizni xursand qilishga urinamiz.

- Haqiqatdan ham bu yilgi chempionat “Neftchi” uchun omadli o'tmoqda. Lekin xulosa chiqarishga shoshilmaylik. Yuqorida aytib o'tganimdek, bu yilgi chempionat o'zgacha ruhda o'tmoqda. Kutilmagan natijalar qayd etilmoqda. SHuning uchun ham jamoalarning ochkolaridagi farq u qadar katta emas. Bu esa chempionatdagi intrigani oshirmoqda. Umid qilamanki, mavsum oxiriga qadar shu ruh davom etadi – deydi Ro'zimboy Ahmedov.


Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика