Roys "Al Nassr"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
09 jan 2023 16:29
Yangiliklar
Roys "Al Nassr"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Dortmundning "Borussiya" klubi sardori Marko Roys Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubiga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.
"Borussiya" bilan shartnomam tugashiga atigi olti oy qoldi. Lekin o'zim bu haqda o'ylamaganman desam, bu ham noto'g'ri bo'ladi. Menda bu bilan shug'ullanishga yordam beradigan odam bor.
Hozir men uchun sport formamni saqlab qolish muhim. Qolgani haqida kelajakda o'zingiz bilib olasiz", – dedi Roys.
33 yoshli germaniyalik futbolchining "arilar" bilan kelishuvi yozda tugaydi. Transfermarkt portali futbolchini 9 million evroga baholayapti. 2022/23 yilgi mavsumda futbolchi "Borussiya" tarkibida barcha musobaqalarda 12 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar