Rossiyalik murabbiy Stanislav Korotaev: "Biz O'zbekiston terma jamoasi bilan o'ynashdan xursand bo'lamiz"
17 sen 2022 09:00
Yangiliklar
Rossiyalik murabbiy Stanislav Korotaev: "Biz O'zbekiston terma jamoasi bilan o'ynashdan xursand bo'lamiz"
"Bu terma jamoamizning ikkinchi yig'ini bo'ladi. Birinchisi aprel oyida Moskvada o'tkazilgandi. Endi esa Toshkentga yo'l olyapmiz. Ushbu yig'inga tarkibni RPL klublarining o'smirlar jamoasi o'rtasidagi RFI Kuboklarida qatnashmaydigan futbolchilardan shakllantirdik. Musobaqa shu kunlarda Krimskda o'z yakuniga etadi. Biz RPL klublari akademiyasida o'ynayotganlardan ko'ra, diqqat-etibordan chetda qolib ketayotgan yigitlarga qaratdik. Ularni O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida ko'rib olamiz.
Ayni paytda bizda raqib haqida malumot kam. U jamoa ham bizniki kabi endi shakllantirilmoqda. Ammo shubhasiz, biz o'zbek futbolchilari bilan o'ynashdan xursandmiz. Xalqaro sparring - doimo yaxshi. Bu o'yinlar shakllanayotgan jamoamiz uchun juda foydali bo'ladi", - deya Korotaevning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda RFI rasmiy sayti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar