So’nggi yangiliklar

21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  1 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  2 20:17"Манчестер Сити" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  32 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  17 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:16"Райо Вальекано" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  21 19:08Суперлига. "Сўғдиёна" сафарда 10 киши қолган "Хоразм"ни мағлуб этди   14 18:45ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда аутсайдерни мағлуб этди, Раҳмоналиев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 18:21Неъматулла Қуттибоев: "Локомотив"га қарши 4 ўйин ўтказган бўлсак, шуларнинг 3тасида биз улардан яхшироқ эдик"  0 18:02Хамес Родригес Европага қайтиши мумкин  3 17:37Мирко Йеличич: "Биз бундай футбол ўйнашни истамаймиз. Лекин бизга бу мағлубият ҳам етарли бўлди"  0 17:05"Милан" Левандовски билан шартнома имзоламоқчи  4 17:00Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди  36 15:54Про лига. "Локомотив" Суперлигага қайтди, "Арал" плей-оффда ўйнайди  9 15:23"Қўқон-1912" - "Пахтакор" ўйинида 33 йиллик натижа такрорланди  1

Rossiya JCHdan mosuvo bo'ldi, lekin bu birinchisi emas... Yangiliklar

Rossiya JCHdan mosuvo bo'ldi, lekin bu birinchisi emas...

Rossiya terma jamoasi JCH-2022 da ishtirok etmaydi. FIFA mazkur terma jamoani chetlatdi.

Bu esa futbol tarixidagi birinchi holat emas. Quyida bu borada so'z yuritamiz. 

JCH-1938. Ispaniya

Bu kabi holat birinchi marotaba 1938 yilgi mundial oldidan yuz bergan. O'shanda ispaniyaliklar jabr ko'rgan. Negaki 1936 yilda ushbu mamlakatda fuqarolik urushi avj olgan va bu voqea salkam uch yil davom etgan. 

JCH-1950. Germaniya va Yaponiya

Bu ikkisi ham 1950 yildagi mundialni o'tkazib yuborgan. Bunga ikkinchi jahon urushidagi ishtirok bilan bog'liq. FIFA va BMT o'zaro kelishgan holda shuni lozim topishgan.

JCH-1958. Janubiy Koreya va Efiopiya

Ikkisi turli vaziyat tufayli turnir uchun qaydnomani so'nggi soniyalarda topshirishgan. Natijada FIFA ularni musobaqaga qo'ymagan. Bu reglamentga zid holat sifatida tan olingan hamda Janubiy Koreya va Efiopiya mundialni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan.

JCH-1966. 4 ta terma jamoa

JAR, Gvatemala, Filippin va Kongo. Birinchisi siyosiy vaziyat sababli qatnasha olmagan bo'lsa, Gvatemala muddatga amal qilmagan, Filippin badal pulini o'tkazmagan, Kongo esa qaydnomani berishni paysalga solgan.

JCH-1986. Eron

Meksika mezbonligi ostida o'tkazilgan mundial saralashida Eron ishtirok etmagandi. Bunga etarlicha sabablar ko'rsatilgan. Eron o'sha vaqtda Iroq bilan urushayotgani sababli saralashda ishtirok eta olmagan. Biroq FIFA mojaroning ikkinchi azosi Iroqqa hech qanday to'siq qo'ymagan. Natijada, ular saralashni muvaffaqiyatli tugata olishgan. 

JCH-1990. Meksika va CHili 

Qizig'i shundaki, oradan to'rt yil o'tib, kutilmaganda Meksika saralashda ishtirok eta olmaydi. Yoshlar o'rtasidagi kichik mundialda terma jamoa azolaridan birining yoshi bilan bog'liq firibgarlik holati yuzaga keladi. Natijada, asosiy terma jamoa musobaqadan chetlatiladi. 

SHuningdek, CHili ham mundialdan quruq qolgan. Braziliya bilan hal qiluvchi bellashuvda – hisob 0:1 bo'lib turgan vaqtda chililikar posboni tribunadan otilgan fayer tufayli shikastlanganini ko'rsatadi. Keyinchalik o'yin to'xtatilib, jamoa maydoni tark etadi va maydonga qaytishni istamaydi. 

Voqeadan keyin vaziyatni o'rganish jarayonida chililik darvozabon qo'lqoplari orasidagi lezviya orqali o'zini shikastlaani aniqlangan. Agar bu chindan ham fayer tufayli sodir bo'lganida, Braziliyaga texnik mag'lubiyat yozilishi mumkin edi. Afsuski, bu reja amalga oshmaydi. Futbolchi umrbod futboldan chetlatilgan bo'lsa, terma jamoasi JCHda qatnishish huquqidan mahrum bo'ladi. 

JCH-1994. Yugoslaviya va Liviya

AQSHda bo'lib o'tgan mundial saralashida esa mazkur ikki terma jamoa ham ishtirok etmagan. Yugoslaviyada davom etayotgan urush sabab shunday qaror qabul qilingan. Liviya esa terrorchilikni qo'llab-quvvatlaganlikda ayblanib, birinchi raqmli musobaqada qatnashish imkoniyatidan mahrum qilinadi. 

JCH-2002. Gviana

Yaponiya va Janubiy Koreya yashil maydonlarida o'tkazilgan musobaqa saralash bahslarida Gviana ishtirok etmagan. Franciya nazoratida turadigan ushbu mamlakat moliyaviy muammolarga duch kelgan. SHundan kelib chiqib, FIFA Gviana turnirda ishtirok etmasligini malum qilgan. 

JCH-2014. Bruney

Bu erda hukumat milliy futbol federaciyasi ishiga aralashgani sabab bo'lgan. Natijada, FIFA o'ylab-o'tirmasdan mazkur terma jamoani saralash bahslariga qo'ymaydi. Aslini olganda, Osiyoning mitti mamlakatida futbol keng rivojlanmagan. Hattoki milliy klublari ham xalqaro musobaqalarda ishtirok etmaydi. 

JCH-2018. Indoneziya va Zimbabve

Rossiya mezbonlik qilgan musobaqa saralash bahslariga yuqoridagi terma jamoalar qo'yilmagandi. Indoneziya hukumati mahalliy futbol federaciyasi ishiga aralashuvi tufayli ishtirok etmagan. Zimbabvedagi holat biroz g'alati. Aniqrog'i, federaciya terma jamoa bosh murabbiyiga maosh to'lamagani bois FIFA tomonidan qattiq jazo olgan.

Samandarbek tarjimasi 

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика