So’nggi yangiliklar

06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этилди  1 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  19 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  6 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  58 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  72 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3

Rossiya chempionati, 22-tur. "Krasnodar"dan yirik g'alaba, Odil Ahmedov gol urdi va golga assistentlik qildi Yangiliklar

Rossiya chempionati, 22-tur. "Krasnodar"dan yirik g'alaba, Odil Ahmedov gol urdi va golga assistentlik qildi

Rossiya chempionatining 22-turidan o'rin olgan so'nggi o'yin "Dinamo" hamda "Krasnodar" jamoalari o'rtasida kechdi.


Odil Ahmedov to'p tepayotgan "Krasnodar" jamoasi ushbu turda Moskvaning "Dinamo" klubi mehmoni bo'ldi. Oleg Kononov boshchiligidagi "Krasnodar" Moskvada kechgan bahsda ishonchli va yirik hisobdagi g'alabani tantana qilishdi. Dastlab mezbonlar futbolchisi Aleksey Ionov o'yinning 27-daqiqasida hisobni penaltidan ochgan bo'lsa, Pavel Mamaev oradan 4 daqiqa o'tib aynan 11-metrlik jarima zarbasidan muvozanatni tikladi. Birinchi bo'lim hech bir jamoaning hisobdagi ustunligisiz tugadi - 1:1.
Ikkinchi bo'lim debyutida Vyacheslav Podberyozkin Mamaevning to'p oshirishidan so'ng jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning 69-daqiqasida esa Fyodor Smolov hamyurtimiz Odil Ahmedovning to'p uzatishidan so'ng hisobdagi ustunlikni yana bittaga oshirdi. O'yin tugashiga 8 daqiqa qolganida esa nihoyat Odil Ahmedovning o'zi o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov jamoadoshi Pereyradan to'pni qabul qilib oldi va bir raqib futbolchisini juda chiroyli tarzda aldamchi harakat bilan aldab, jarima maydonchasi oldidan chiroyli uslubda darvozani aniq nishonga oldi - 1:4.

Ushbu gol o'yinda yakuniy natijani o'rnatdi va "Krasnodar" safarda "Dinamo" ustidan kerakli va muhim g'alabani nishonladi.


Rossiya chempionati, 22-tur. Turnir jadvali

Dinamo – Krasnodar 1:4 (1:1, 0:3)

Arena Ximki

Gollar
: 1:0 – 27, penalti Ionov, 1:1 – 31, penalti Mamaev, 1:2 – 47 Podberezkin, 1:3 – 69 Smolov, 1:4 – 82 Odil Axmedov.

Dinamo
– Gabulov, Dyakov, Xulmen, Eshhenko, Morozov, Ionov, Jivoglyadov, Zobnin (Tashaev, 77), Dragun (Kuzmin, 55), Sosnin, Bechiray (Pogrebnyak, 46).

Krasnodar
– Kricyuk, Grankvist, Sigurdsson, Kaleshin, Petrov, Odil Ahmedov, Kabore, Podberezkin (Ari, 64), Pereyra, Mamaev (Bystrov, 79), Smolov (Markov, 82).

Ogohlantirishlar
: Dragun (30), Smolov (32), Kaleshin (61), Pereyra (73).

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика