Ronaldu: "SHaxtyor" yaxshi o'ynadi, ammo bugun "Real"ning kuni edi"
16 sen 2015 12:12
Yangiliklar
Ronaldu: "SHaxtyor" yaxshi o'ynadi, ammo bugun "Real"ning kuni edi"
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "SHaxtyor"ga qarshi o'yin haqida (4:0) fikr bildirdi.
"Ayni damda yaxshi holatdamiz. "SHaxtyor" yaxshi harakat qildi. Bu jamoa to'p bilan egalik qilishni yoqtiradi, ammo bugun "Real"ning kuni edi va ajoyib o'yin ko'rsatib, g'alaba qozondik.
Mavsumoldi o'yinlar natijalari ahamiyatga ega emas. Ispaniya chempionatida mavsumni yaxshi boshlay olmadik, ammo keyingi turlarda o'zimizga kelib oldik.
Gollarimga keladigan bo'lsak, juda xursandman. Menga ishonch bag'ishlagan jamoadoshlarimga rahmat. Biroz oldin meni yomon futbolchi deb atashayotgan edi, ammo ikki o'yinda sakkizta gol urdim" - deydi Ronaldu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar