Ronaldu "Old Trafford"ni "Tottenxem"ga qarshi o'yin tugamasidan tark etdi. U hatto kiyinish xonasiga ham kirmagan
20 okt 2022 16:59
Yangiliklar
Ronaldu "Old Trafford"ni "Tottenxem"ga qarshi o'yin tugamasidan tark etdi. U hatto kiyinish xonasiga ham kirmagan
"The Athletic" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" hujumchisi APL 12-turida "Tottenxem"ga qarshi o'yinning 90-daqiqasida qo'pollik tribunaosti yo'lakka yo'l olibgina qolmay (2:0), final hushtagi chalinguncha "Old Trafford"ni butunlay tark etdi.
Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum ikkinchi marta butun o'yinni zaxirada o'tkazdi. Garchi Erik ten Hagda yana ikkita o'zgarish qilish imkoniyati bo'lsa-da, uni maydonga tushirmadi. Kechagi bahsda Skott Maktominey, Entoni Elanga va Kristian Eriksen zaxiradan maydonga tushdi.
Tribunaosti yo'lagiga kirib ketgan Ronaldu hatto "Manchester Yunayted" kiyinish xonasiga ham kirmadi. Krishtianuning xatti-harakati MYU futbolchilariga tasir qilmadi – ularning barchasi "Tottenxem" ustidan qozonilgan g'alabani birgalikda nishonlashdi.
Avgust oyida Ronaldu "Rayo Valekano"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida hushtak chalinguncha stadiondan chiqib ketgandi. O'sha o'yinda hujumchi tanaffusda almashtirilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar