Ronaldu MYU yoshlar jamoasi mashg'ulotiga keldi, biroq yakka tartibda shug'ullandi
21 okt 2022 16:40
Yangiliklar
Ronaldu MYU yoshlar jamoasi mashg'ulotiga keldi, biroq yakka tartibda shug'ullandi
Hujumchi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ning asosiy jamoasidan chetlatilganidan so'ng yoshlar jamoasi mashg'ulotlariga tashrif buyurdi.
"Manchester Evening News" xabariga ko'ra, portugaliyalik individual tarzda shug'ullandi. O'sha paytda qarorgohda "Manchester Yunayted"ning asosiy tarkib futbolchilari yo'q edi.
Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum 12 ta uchrashuvda 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.
CHorshanba kuni u "Tottenxem"ga (2:0) qarshi o'yin oxirida zaxiradan maydonga tushishdan bosh tortdi.
Ertasi kuni hujumchi "CHelsi" bilan uchrashuv uchun qaydnomaga kiritilmagani va umumiy guruhda mashq qilishdan chetlatilgani haqida xabarlar paydo bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar