Ronaldu MYU asosiy jamoasi mashg'ulotlariga qaytdi!
		
		25 okt 2022 18:02
        Yangiliklar	
	
				
				Ronaldu MYU asosiy jamoasi mashg'ulotlariga qaytdi!
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu asosiy jamoa bilan mashg'ulotlarga kirishdi.
			"Qizil iblislar"ning so'nggi mashg'ulotidan olingan suratlar klub ijtimoiy tarmoqlarida paydo bo'ldi — suratlarda 37 yoshli portugaliyalik ham bor.


Eslatib o'tamiz, avvalroq Ronaldu asosiy jamoa bilan mashg'ulotlardan chetlashtirilgan va "CHelsi" bilan o'yin uchun qaydnomaga kiritilmagandi. Bu Krishtianuning "Tottenxem"ga qarshi o'yinda (2:0) o'yin tugashidan oldin stadionni tark etgani tufayli sodir bo'lgandi.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hagning so'zlariga ko'ra, Ronaldu zaxiradan maydonga tushishdan bosh tortgan va o'zboshimchalik bilan stadionni tark etgan. OAV xabarlariga ko'ra, portugaliyalik zaxirada qoldirilganidan norozi bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar