Ronaldu "Inter Mayami"da Iguainning o'rnini egallashi mumkin
22 okt 2022 14:36
Yangiliklar
Ronaldu "Inter Mayami"da Iguainning o'rnini egallashi mumkin
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlagan Gonsalo Iguain o'rniga Amerikaning "Inter Mayami" klubida to'p tepish ehtimoli mavjud.
Bu haqda "The Mirror" nashri xabar bermoqda.
Kelishuv qishki transfer oynasidayoq amalga oshishi mumkin, chunki 37 yoshli Ronalduning "Manchester Yunayted"dagi kunlari oxirlab bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu "Tottenxem" bilan o'yin (2:0) tugamasidan stadionni tark etgan, buning uchun esa jarimaga tortilgan va U-21 jamoasi mashg'ulotlariga o'tkazilgandi.
Tomonlar o'rtasidagi kelishuv mavsum oxirida tugaydi, shuning uchun MYU qishki transfer oynasida o'z futbolchisini sotish choralarini ko'radi.
Krishtianu Ronaldu va Gonsalo Iguain "Real" va "Yuventus"da birga o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar