Ronaldu: "Biz oxirigacha o'zimizga ishonamiz"
14 okt 2022 21:45
Yangiliklar
Ronaldu: "Biz oxirigacha o'zimizga ishonamiz"
"Manchester Yunayted" forvardi Krishtianu Ronaldu Evropa ligasi doirasida "Omoniya"ga qarshi o'yinidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Mankunianlar payshanba kuni o'z maydonida Skott MakTomineyning 93-daqiqada kiritgan goli evaziga "Omoniya"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Portugaliyalik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi.
"Biz oxirigacha o'zimizga ishonamiz", - deb yozdi Ronaldu ushbu uchrashuvdan keyin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" "Real Sosedad"dan 3 ochko ortda qolgan holda guruhda 2-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar