Ronaldu 36 yoshga to'lgani munosabati bilan Instagramda katta post qoldirdi Yangiliklar

Ronaldu 36 yoshga to'lgani munosabati bilan Instagramda katta post qoldirdi

"Yuventus" futbolchisi Krishtianu Ronaldu tug'ilgan kuni bilan tabriklaganlarga minnatdorchilik bildirdi.

Kecha portugaliyalik futbolchi 36 yoshga to'ldi. 

"36 yosh, aql bovar qilmaydi! Barchasi huddi kecha boshlangandek. Ammo ushbu sayohat eslab qolish lozim bo'lgan sarguzasht va tarixga ega. Mening ilk koptogim, birinchi jamoam, birinchi golim... Vaqt uchmoqda!

Madeyradan Lissabonga, Lissabondan Manchesterga, Manchesterdan Madridga, Madriddan Turinga... Yanada aniqrog'i, chin ko'ngildan butun dunyoga... Men borimni berdim, xech qachon o'zimni ayamadim va o'zimning eng yaxshi talqinimni yaratishga harakat qildim.

Bunga javoban esa menga mehr, muhabbat va cheksiz qo'llab-quvvatlashlarni sovg'a qilishdi. Buning haqqini xech qachon qaytara olmayman. Men sizlarsiz buni uddalay olmasdim. 

36 yoshimni, professional futbolchi sifatidagi 20 yoshimni qarshilar ekanman, afsuski sizga yana bunday 20 yillikni vada qila olmayman. Ammo hozircha yana futbol o'ynashga, 100 foiz kuchimni bag'ishlashga vada beraman!

Yana bir marta qo'llab-quvvatlaganingiz, iliq tilaklaringiz uchun rahmat! Bu men uchun katta ahamiyatga ega. Siz qalbimda alohida o'rin tutasiz", - deb yozib qoldirdi Ronaldu Instagramdagi sahifasida. 

Reyting: +80   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика