Ronaldu 30 yoshidan keyin 300ta gol urdi Yangiliklar

Ronaldu 30 yoshidan keyin 300ta gol urdi

Portugaliyalik futbolchi Italiya A Seriyasi 21-turi doirasidagi "Roma"ga qarshi bahsda hisobni ochdi.

Mazkur gol "Yuventus" hujumchisining 30 yoshga to'lganidan keyin urgan 300-goli hisoblanadi. U 5 fevral kuni 36 yoshni qarshi olgan edi.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya terma jamoasi sardori faoliyati davomida "Sporting", "Manchester» Yunayted" va "Real" jamoalari sharafini ham himoya qilgan.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика