Robben: "Real"dan ketishimga sabab faqatgina Ronaldu emas"
24 may 2019 14:58
Yangiliklar
Robben: "Real"dan ketishimga sabab faqatgina Ronaldu emas"
"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben nima uchun 2009 yilda "Real"ni tark etganini aytib o'tdi.
"Real"da prezident almashganidan keyin menga qiyin bo'ldi. Jamoada o'zimni qulay his qilardim, yaxshi o'ynaganman. Lekin, o'yinga siyosat aralashsa va sen imkoniyatga ega bo'lmasang, tanlashga to'g'ri keladi: kurashish yoki faoliyatni boshqa joyda davom ettirish. O'shanda vaziyat faqat Ronaldu bilan bog'liq emasdi. Peres prezidentlikka qaytdi va Ronaldu, Kaka, Benzema, Xabi Alonsolarni xarid qildi. "Real" juda ko'p pul sarfladi va bizga o'yinchilarni sotish evaziga ketgan pullarning malum qismini qaytarmoqchiliklarini aytishdi. Men uchun alamli bo'lgan, chunki bosh murabbiy Manuel Pellegrini bilan munosabatlarim zo'r edi va o'shanda eng yaxshi mavsum oldi tayyorgarlikni o'tkazgandim", - dedi Robben.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar