So’nggi yangiliklar

08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  3 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  1 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  4 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  11 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  8 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0

"River Pleyt" darvozaboni 90-daqiqada penaltini qaytardi va "Boka Xuniors" chempionga aylandi! Argentinada aqlbovar qilmas voqealar sodir bo'ldi Yangiliklar

"River Pleyt" darvozaboni 90-daqiqada penaltini qaytardi va "Boka Xuniors" chempionga aylandi! Argentinada aqlbovar qilmas voqealar sodir bo'ldi

Argentina chempionati mutlaqo hayratlanarli tarzda yakunlandi. Oltin medallarni "Boka Xuniors" qo'lga kiritdi, biroq so'nggi daqiqagacha chempionlik "Racing"ga nasib qilishi mumkin edi.

So'nggi tur oldidan “Boka” "Rasing"dan bir ochko oldinda edi va ular g'alaba qozongan taqdirda chempionlik kafolatlangandi. "Racing" esa g'alaba qozonishi va "ko'k-oltinranglilar"ning ochko yo'qotishini kutishi lozim edi. Agarda “Boka” mag'lub bo'lsa va “Rasing” durang o'ynasa, chempionatning pley-off bosqichi o'tkazilardi.

Endi esa eng qiziqarli voqeaga o'tsak: mavsumning so'nggi turida "Boka" "Independiente", "Racing" esa "River Pleyt"ga qarshi to'qnash kelishi kerak edi. Bu erda nafaqat "Boka" va "River" o'rtasidagi o'zaro qarama-qarshilik qiziq tuyulardi, balki "Independiente" va "Racing" ham tarixiy raqiblar sanalardi. Agarda chempionlik uchun davogar klublarning vazifalari aniq bo'lsa, unda bo'lajak raqiblarda savol yuzaga kelardi: ular azaliy raqiblariga yordam beradimi?

Yaxshiyamki, hech qaysi jamoa bir-biriga atayin sovg'a hozirlamadi va yakun hayratlanaoli tarzda yuz berdi. Keling, tungi voqealar xronologiyasini kuzatamiz:

• 50-daqiqaga kelib, "Boka" "Independiente"ni 2:1 hisobida mag'lub etayotgandi (dastlab jamoa 0:1 hisobida ortda qolayotgandi), bu holatda chempionlik taqdiri "Racing"ning natijasiga bog'liq bo'lmasdi.

• Oradan 6 daqiqa o'tgach, boshqa uchrashuvda hisob ochildi: Matias Roxas "Rasing" safida penaltidan gol urdi. Bu holat ham jadvalda hech narsani o'zgartirmasdi, ammo endilikda "Boka"ning ochko yo'qotishga haqqi yo'q edi.

• 81-daqiqada "Boka" marra sari yo'lni qiyinlashtirdi: jamoa darvozasidan to'p o'tkazib yubordi, hisob esa 2:2 ko'rinish oldi va onlayn jadvalda "Rasing" birinchi o'ringa ko'tarildi.

• Biroq parallel o'yinda vaziyat izdan chiqishda davom etdi, chunki "River" 80-daqiqada Migel Borxaning say-harakatlari evaziga hisobni tenglashtirdi va "Racing" ikkinchi o'ringa tushib qoldi.

• 90-daqiqada esa "Racing" penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Dastlabki 11 metrli nuqtadan standartni golga aylantirgan Roxas allaqachon almashtirilgandi. CHempionlikni taqdim etish yuki Xonatan Galvan zimmasiga tushdi. Ammo... JCH-2018da Argentina terma jamoasiga chaqirilgan "River Pleyt" darvozaboni Franko Armani zarbani qaytardi, qaytgan to'pga esa "Racing"ning boshqa futbolchisi noaniq zarba berdi.

• Galvanning omadsizligidan besh daqiqa o'tgach, 90+5 daqiqada Migel Borxa dubl qayd etib, "Rasing"ning chempionlik umidiga barham berdi va "River Pleyt"ga 2:1 hisobidagi g'alabani taqdim etdi.

Tamom-vassalom! Haqiqiy bayram esa boshqa stadionda boshlandi.

"Boka Xuniors" umumiy olganda, atigi +6 gollar farqi bilan, biroq unutilmas chempionlikni qo'lga kiritdi.



 Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика