Rivaldo: "Holand "Oltin to'p"ga davogar bo'ladi, chunki u yirik sovrinlar uchun kurashadi"
13 may 2022 19:25
Yangiliklar
Rivaldo: "Holand "Oltin to'p"ga davogar bo'ladi, chunki u yirik sovrinlar uchun kurashadi"
Braziliyalik sobiq futbolchi Rivaldo "Manchester Siti"ga o'tgan Erling Holandni "Oltin to'p"ga davogar sifatida ko'rmoqda.
"Borussiya Dortmund"dagi ikki mavsumdan so'ng "Siti" hujumida ajoyib qurol bo'ladigan bu yosh futbolchining mahoratiga shubha yo'q.
Holand CHempionlar ligasida tajribaga ega, Bundesligada ko'plab gollar urgan va chempionlik uchun kurashish istagi katta, shuning uchun uning "Siti" bilan hamkorligi muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin.
Uning tezligi, hujumni yakunlashi va kuchli zarbasi ingliz futboliga juda mos tushadi. O'ylaymanki, Holand ko'p yillar davomida Premer-liganing eng yaxshi to'purarlaridan biri bo'lib qoladi va shu bois ham “Oltin to'p”ga jiddiy davogar bo'ladi, chunki u ham Premer-liga, ham CHempionlar ligasida g'olib chiqish uchun kurashadi”, - dedi 1999 yilgi "Oltin to'p" sohibi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar