So’nggi yangiliklar

07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  0 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  0 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  3 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  6 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  6 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  7 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5

Rishtonda yana faxriylar turniri Yangiliklar

Rishtonda yana faxriylar turniri

Teglar :  FaxriylarRishton
Avval xabar berib o'tganimizdek, Namangan viloyati va Rishton tumani faxriylari o'ziga xos futbol shou tashkil etib kelishayotgan edi.

Joriy yilda 60 yoshdan oshgan faxriylar uchinchi marotaba uchrashishdi. Bu safar faxriylar futbol fidoyilaridan biri – rishtonlik O'rinboy Yusupovning to'yi bahonasida yana bir bor o'z kuchlarini maydonda sinab ko'rishdi.

O'rinboy akaning eng quvonchli kunida yonida turib o'nga dalda bo'lgan do'stlari kichik futbol turniri o'tkazishga ham muvaffaq bo'lishdi.

Kichik musobaqada uchta jamoa ishtirok etdi. Avvaliga maydonga “Oq oltin” (Rishton tumani) va “Navqiron” (Namangan viloyati terma jamoasi) vakillari tushishdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tgan bahsda rishtonliklar 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi.

Ikkinchi o'yinda Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanidan tashrif buyurgan “Nuroniy” hamda “Navqiron” jamoalari kuch sinashishdi. O'yinda katta tashabbusga ega bo'lgan “Nuroniy” faxriylari raqiblarini 6:1 hisobida dog'da qoldirishdi.  SHuni aytish joizki, Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumani faxriylari musobaqaga o'zgacha tayyorgarlik bilan kelishdi va g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Turning so'nggi o'yinida – “Oq oltin” va “Nuroniy” faxriylar jamoalari to'qnash kelishdi. Mazkur uchrashuv muxlislarda ham katta taassurot qoldirdi. O'yin jangovor ruhda o'tib, 2:2 hisobida o'z poyoniga etdi.

SHu tariqa, to'plar nisbatiga ko'ra, “Nuroniy” musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi.



“Nuroniy” jamoasida to'p surgan  Ilhomjon Karimov, Zokirjon Najmiddinov, Yusufjon Sidiqov, Odiljon Parpiev, Muhammadvali To'raboev, Abduqahhor Xoliqov, Mo'minjon Ahmedov, Muxtorjon Po'latov va Muhiddin Ravshanov kabi faxriy futbolchilar muxlislarda yaxshi taassurot qoldirishgani bor gap.

“Nuroniy” jamoasi ustozi Zokirjon Umarov bu safar qo'li ostidagi faxriy futbolchilarni musobaqaga jiddiy tayyoragani yaqqol ko'zga tashlanib turdi.

– Mustaqillik tufaydi bizga berilayotgan mana shunday imokniyatlardan unumli foydanashimiz lozim, deydi “Nuroniy” jamoasi sardori Muhammadvali To'raboev.-Sportga berilayotgan bunday g'amxo'rliklar biz faxriylarning yuragidagi cho'g'ni alanga olishiga to'rtki bo'ldi. “Nuroniy” jamoasi o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan holda tashkil etildi. Barchamizning maqsadimiz Namangan viloyati, qolaversa, Yangiqo'rg'on tumani sharafini munosib himoya qilishdir. Viloyatimiz va tumanimiz nomini dunyoga doston qilish yo'lida qo'limizdan kelgan barcha ishni qilishga tayyormiz. Bir so'z bilan aytganda, “Nuroniy”ning kelajakdagi rejalari bisyor.

Farxiylarni birlashtirishda har doim jonkuyarlik ko'rsatib kelayotgan Mamadali Mo'minov va Hamidxon Mo'ydinxo'jaev yaqin kunlar ichida Namanganda Vodiy birinchiligini tashkil etishni maqsad qilishgan.

– 60 yoshdan oshgan faxriylar o'rtasida yana bir musobaqa o'tkazmoqchimiz, deydi Mamadali Mo'minov. – Bo'lajak musobaqada vodiyning 12 ta faxriylar jamoasi ishtirok etishi rejalashtirilgan. Bugungi turnir haqida gapiradigan bo'lsam, bu gal ham faxriylarimiz bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishdi. Ular o'rtasidagi do'stlik rishtalari yanada mustahkamlandi.

SHu tariqa, faxriylarning Rishton tumanida bo'lib o'tgan navbatdagi uchrashuvlari yuqori saviyada o'z poyoniga etdi. Yaqin kunlar ichida faxriylar Namanganda yana to'planishadi.

Abror DEHQONOV.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика