"Reynjers" – ECHL guruh bosqichi tarixidagi eng yomon jamoa
02 noy 2022 08:40
Yangiliklar
"Reynjers" – ECHL guruh bosqichi tarixidagi eng yomon jamoa
SHotlandiya klubi bir necha yillik tanaffusdan keyin CHempionlar Ligasiga qaytgandi.
“Reynjers” guruh bosqichidan o'rin olgan barcha uchrashuvlarda yutqazdi va 2 ta gol urib, 22 ta to'p o'tkazib yubordi.

SHu tariqa, Jovanni van Bronkxorst shogirdlari 2011/12 yilgi mavsum “Dinamo Z” tomonidan o'rnatilgan antirekordni yangilashdi. Barcha o'yinlarni yutqazgan zagrebliklarda to'plar nisbati 3:22 edi. Undan avvalgi eng yomon natija esa 2002/03 yilgi mavsum “Spartak M” tomonidan ko'rsatilgan – 0 ochko, to'plar nisbati 1:18.
Qayd etish joizki, “Viktoriya Plzen” “o'lim guruhi”da “Bavariya”, “Inter” va “Barselona”ga umuman qarshilik ko'rsatolmadi va to'plar farqi bo'yicha “Dinamo Z”ning natijasi (-19)ni takrorladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar